Toshkent shahrida bahorgi-yozgi mavsumiga tayyorgarlik munosabati bilan 7-apreldan 16-maygacha ichimlik suv ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” xabar berdi.

“2025-yil bahorgi-yozgi mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan iste’molchilarga ichimlik suv bosimi pasayishi hamda vaqtincha bo‘lmasligi haqida ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Ichimlik suvi ta’minoti o‘chirilish sanalari va manzillari bu yerda.

Qayd etilishicha, suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

“Toshkent shahar suv ta’minoti” ma’lumot uchun Markaziy dispetcherlik xizmatining +998712561095, +998712526008 telefon raqamlari yoki 1054 qisqa raqamlariga bog‘lanish mumkinligini ma’lum qildi.


Avvalroq Spot 1-apreldan Samarqandda ichimlik va oqova suv narxlari oshirilishi haqida yozgandi.

Bunda, aholi uchun bir metr kub ichimlik suvi narxi 2800 so‘mni, yuridik tashkilotlar uchun esa 6700 so‘mni tashkil etadi.