28-mart kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

1 gramm oltin 1 mln 306 ming 650 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 6 mln 533 ming so‘mdan sotilmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 6 mln 533 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 13 mln 66 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 26 mln 133 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 65 mln 332 ming so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 130 mln 665 ming so‘mni tashkil qiladi.

28-mart kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $3080 ga yaqinlashdi.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $3073,7ni tashkil qildi.

markaziy bank, oltin quymalar

Yil boshidan beri oltin AQShning yangi prezidenti Donald Trampning savdo siyosati va jahon savdosidagi keskinlikning kuchayishi fonida eng daromadli aktivga aylandi. Qimmatbaho metallarga bo‘lgan talab dunyoning markaziy banklari tomonidan sotib olinishi bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

“Yahoo! Finance” xabar berishicha, tahlilchilar Oq uyning tarif bo‘yicha qarorlarini hisobga olgan holda oltin narxining yanada ko‘tarilishini kutmoqda. Jumladan, “Macquarie Group” vakili Markus Garvi oltin narxi ayrim hollarda $3500gacha yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.