28-mart kunidan boshlab Guliston-Toshkent-Chinorkent-Toshkent-Guliston yo‘nalishi bo‘yicha shaharlararo tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Guliston-Toshkent yo‘nalishida shaharlararo tezyurar poyezdi haftaning har kuni, Toshkent-Guliston va Toshkent-Chinorkent-Toshkent haftaning seshanba kunidan tashqari har kuni qatnovlarni amalga oshiradi.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
7211-sonli Guliston-Toshkent yo‘nalishi:
- Guliston 06:11 — Toshkent 07:58.
7207-sonli Toshkent-Chinorkent yo‘nalishi:
- Toshkent 08:15 — Chinorkent 10:15.
7208-sonli Chinorkent-Toshkent yo‘nalishi:
- Chinorkent 10:55 — Toshkent 12:28.
7209-sonli Toshkent-Chinorkent yo‘nalishi:
- Toshkent 13:20 — Chinorkent 14:53.
7210-sonli Chinorkent-Toshkent yo‘nalishi:
- Chinorkent 15:43 — Toshkent 17:16.
7212-sonli Toshkent-Guliston yo‘nalishi
- Toshkent 17:31 — Guliston 19:00.
Elektropoyezd Gulistondan Chinorkentgacha bo‘lgan masofani 3 soat 30 daqiqada bosib o‘tadi. Yo‘l haqi ham qulay narxlarda belgilangan:
- Guliston-Toshkent: 20 ming so‘m;
- Guliston-Chinorkent: kattalar uchun 40 ming so‘m, bolalar uchun 23 ming so‘m.
To‘lovni ATTO transport kartasi orqali yoki temiryo‘l chiptaxonalaridan amalga oshirish mumkin.
Joriy yilning 22-yanvar kunidan Chinorkentda yangi temir yo‘l bekati ochilgani haqida xabar berilgandi.
Bunda Xo‘jakentdan unga shahar atrofi qatnovini yo‘lga qo‘yish maqsadida 1,5 kilometr uzunlikdagi yangi bir izli temir yo‘l tarmog‘i qurib bitkazildi.
Bekatda perron va uzunligi 150 metr bo‘lgan soyabon, shuningdek, yo‘lovchilar uchun yer osti tunneli mavjud. Imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun sirpanishga qarshi plitalar o‘rnatilgan.