Instagram TikTok’dan yana bir xususiyatni o‘zlashtirmoqda, deya xabar berdi TechCrunch nashri.
Bu safar foydalanuvchilar ekranning o‘ng yoki chap tomonini uzoq bosib turib, videoni 2x tezlikda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
TikTok ilk paydo bo‘lganida videolar atigi 15 soniya davom etardi. Yillar o‘tishi va TikTok’ning ommalashuvi bilan ijtimoiy tarmoq uzunroq videolarni qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘ydi.
Shu bilan birga, TikTok foydalanuvchilarga videolarni tezlashtirish imkoniyatini taqdim etdi, chunki ular kontentni tezroq iste’mol qilishga o‘rganib qolishgan edi.
Instagram Reels ham dastlab foydalanuvchilarga 15 soniyagacha davom etadigan videolarni joylashtirish imkonini berishdan boshlangan edi. Bugungi kunda foydalanuvchilar 3 daqiqagacha bo‘lgan videolarni ulashishlari mumkin.
TikTok kabi, Instagram ham yangi tezkor o‘tkazib yuborish funksiyasi yordamida foydalanuvchilarga ko‘proq kontentni tezroq ko‘rish imkoniyatini taqdim etmoqchi.
Videolarni tezda o‘tkazib yuborish imkoniyati tomoshabinning uzunroq videolarni oxirigacha ko‘rish ehtimolini oshiradi. Bu ayniqsa, Reels g‘oyasi foydalanuvchilarga tez va qisqa ko‘ngilochar lavhalarni taqdim etishga asoslangani hisobga olinganda muhimdir.
Buning sababi qisqa video kontentlar sonining ko‘payishi diqqatimizni jamlash va uzoqroq kontentga e’tibor qaratish qobiliyatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi xavotirlar bilan izohlanishi mumkin.
Avvalroq Spot Instagram sun’iy intellektli izoh qoldirish funksiyasini sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.
Sun’iy intellekt foydalanuvchi misolida uchta turli izoh variantini taklif qildi. Agar ular ma’qul kelmasa, qaytadan yaratib olish imkoniyati mavjud.