28-martdan boshlab Uzum Bank mijozlari Visa xalqaro to‘lov tizimiga tegishli Uzum plastik kartasiga buyurtma berishi mumkin. U O‘zbekiston va xorijda xaridlar uchun tez va xavfsiz to‘lov qilish, pul o‘tkazish va naqd pul yechish imkonini beradi. Uzum virtual kartasidan respublika bo‘ylab 1,5 milliondan ortiq aholi foydalanadi.

Shaxsiy lokalizatsiyalangan infratuzilma nafaqat naqdsiz to‘lovlarni bir zumda bajarish, balki mijozlarga kartani tez chiqarish va olish imkonini beradi. Uzum plastik kartasini Uzum Bank ilovasida bir necha klik orqali rasmiylashtirish va mamlakat bo‘ylab 30 dan ortiq hududdagi 140 ta Uzum Market topshirish punktidan birida olish mumkin. Ko‘p darajali himoya tizimi operatsiyalar va mijoz ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlaydi.

Kartani Uzum Bank ilovasida bepul to‘ldirish va O‘zbekiston hududidagi xaridlarni konvertatsiya va ortiqcha xarajatlarsiz to‘lash mumkin. Barcha insonlar tanishlari va yaqinlariga bank ichida, shuningdek, Uzcard va Humo kartalariga komissiyasiz pul o‘tkazishi mumkin — shunchaki ro‘yxatdan kontaktni tanlash yoki telefon raqamini kiritish orqali.

Uzum kartasiga 25 million so‘mgacha yangilanuvchi limit ulash mumkin — mijoz pulni qanday sarflashni o‘zi tanlaydi: hamkorlardan xaridlarni nasiyaga olish yoki mikroqarzni kartaga o‘tkazish mumkin. Limit mablag‘larni qulay boshqarish, muddatidan oldin to‘lashda komissiyani kamaytirish va muhim xaridlar uchun qo‘shimcha pul olish imkonini beradi.

Uzum ekotizimiga tegishli servislarning integratsiyasi evaziga karta foydalanuvchilari Uzum Market va Uzum Tezkor’da qo‘shimcha afzalliklar va maxsus takliflardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Mart oyida Uzum Bank ATTO bilan hamkorlikda Toshkentda jamoat transporti uchun to‘lov qilish imkoniyatlarini ham kengaytirdi: endi metroda ham, poytaxt avtobuslarida ham yo‘l haqini Uzum plastik kartasi yoki bank ilovasidagi yagona QR-kod orqali to‘lash mumkin. Aprel oyining oxirigacha Uzum kartasiga qaytariladigan 1050 so‘m keshbek bilan safar narxi 650 so‘mga tushadi.

Reklama huquqlari asosida.