2025-yil 1-mart holatiga — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4,7 mln nafardan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 81,8% ga (2,1 mln nafar) oshgan.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 58%ini erkaklar, 42%ini ayollar tashkil qiladi.

o'zini o'zi band qilgan shaxslar

O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar:

  • maishiy xizmatlar — 92,8% (976,1 mingta);
  • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 101,4% (228,1 mingta);
  • axborot-kommunikatsiya — 91% (61,6 mingta).

Hududlar kesimida eng ko‘p Samarqand viloyatida (539,8 ming) fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Toshkent (469,7 ming) va Qashqadaryo viloyatlari (466,7 ming) turibdi.

2025-yilda 75,9 ming fuqaro yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan.


Avvalroq Spot o‘zini o‘zi band qilganlar faoliyat turlari qisqartirilishi haqida yozgandi.

2026-yildan xonalarni tozalash, mebel yig‘ish, avtomobillarni ta’mirlash, kosmetolog, pechka va kaminlar yasash, shisha puflash, ko‘zgu tayyorlash, soatsozlik kabilar ro‘yxatdan chiqariladi.