O‘zbekistonda 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

Spot aprel oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Harvard universitetida grant asosida o‘qiyotgan Jahongir Sadiev hikoyasi

U Spot bilan suhbatda nima uchun Qo‘shma Shtatlarni tanlagani, Harvard grantini qanday qo‘lga kiritgani hamda nega magistratura darajasi uchun ikkinchi marotaba o‘qiyotgani haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Nega banklar omonatlar bo‘yicha stavkalarni pasaytirdi va bunda Markaziy bankning qanday aloqasi bor?

Ko‘plab banklar bir vaqtning o‘zida so‘mdagi omonatlar bo‘yicha yillik foiz stavkalarini pasaytirganini e’lon qilishdi. Buning sabablaridan biri Markaziy bankning kreditlarni arzonlashtirish maqsadida bergan ma’muriy ko‘rsatmasi bo‘lishi mumkin. Iqtisodchilar buni oqibatlarga qarshi kurashish deb baholamoqdalar.

hafta yakuni, yangiliklar


Ayol tadbirkorlar: Yuliya Zatulovskaya nega dizaynni tashlab biznesga qadam qo‘ydi?

Spot Golden Minds marketing agentligi asoschisi Yuliya Zatulovskaya bilan tadbirkorlikka qanday kirib kelgani, biznesda ayollar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar hamda nega Amerikaga ko‘chib ketgani haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Noqonuniy o‘rnatilgan bankomatlar demontaj qilinadi — Kadastr agentligi
    Agentlik direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaqsudov nazorat tadbirlari Markaziy bank bilan hamkorlikda muntazam ravishda amalga oshirilishini qayd etdi.
  2. Xitoy kreditlari, investitsiya kompaniyalari va budjet mablag‘lari — O‘zbekistonda kichik AES qanday moliyalashtiriladi?
    O‘zatom geosiyosiy vaziyatlar sabab, loyihaga Rossiya mablag‘larini jalb qilishni ko‘rib chiqmayapti.
  3. Ayrim tadbirkorlarga garovsiz kreditlar beriladi.
    Bunda o‘z faoliyatini YTT, mikrofirma yoki kichik korxona toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlarga 150 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi.
  4. Xitoylik investor Buxoroda LED lampalar zavodi va 4 yulduzli mehmonxona ochadi.
    Shuningdek, viloyatda choy plantatsiyalarini tashkil etish va marketing platformasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
  5. Ikki oyda O‘zbekistonga 1,3 mln nafar turist tashrif buyurdi.
    Yetakchilikni 422 mingdan ortiq sayyoh bilan Qirg‘iziston egalladi. Tojikiston va Qozog‘iston undan keyingi o‘rinlarda joylashdi.
  6. O‘zini o‘zi band qilganlar faoliyat turlari qisqartiriladi.
    2026-yildan xonalarni tozalash, mebel yig‘ish, avtomobillarni ta’mirlash, kosmetolog, pechka va kaminlar yasash, shisha puflash, ko‘zgu tayyorlash, soatsozlik kabilar ro‘yxatdan chiqariladi.
  7. Toshkentda 7-apreldan ichimlik suvi ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi.
    Ichimlik suvi 7-aprel 16-may kunlari rejali profilaktika-ta'mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga esa maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.
  8. Sentabrdan O‘zbekistonda xalqaro maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
    Bunga dastlab 8-sinf bitiruvchilari orasidan eng iqtidorli 60 nafar o‘g‘il-qiz saralab olinadi. O‘quv yili 3 davrga bo‘linib, 11 oy davom etadi.
  9. Elektr energiyasi va gaz tariflari oshirilishi 1-maygacha kechiktirildi.
    Prezident aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tariflar oshirilishini bir oyga kechiktirish bo‘yicha topshiriq berdi.
  10. Ruxsatnomasiz “tonirovka” uchun belgilangan jarima kamaytirilishi mumkin.
    IIV “tonirovka” uchun jarimani BHMning bir baravari — 375 ming so‘m miqdorida belgilash qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Uzum Market tadbirkorlar uchun bepul B2B-lektoriyani ishga tushirmoqda

Marketpleys ekspertlari, sotuvchilar va platforma hamkorlarining bepul ma’ruzalari potensial va amaldagi sotuvchilarga onlayn savdo vositalarini o‘zlashtirish va o‘z bizneslarini rivojlantirishga yordam beradi.


Click foydalanuvchilari yo‘lkirani bir qarashda to‘lashlari mumkin

Click ATTO bilan hamkorlikda Toshkent metrosida FacePay to‘lov tizimini ishga tushirdi.


Uzum Bank o‘zbekistonliklar uchun Uzum kartasidan foydalanish imkoniyatini ochmoqda

Endi O‘zbekiston fuqarolari Uzum plastik kartasini Uzum Bank ilovasida bir necha klik orqali rasmiylashtirishi va mamlakat bo‘ylab 30 dan ortiq hududdagi 140 ta Uzum Market topshirish punktidan birida olishi mumkin.