Bloomberg‘ning Power On tarqatmasida Mark Gurman Apple kompaniyasi “sun'iy intellekt agenti” bilan yangilangan “Sog‘liq” ilovasini chiqarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Apple rahbari Tim Kukning ta’kidlashicha, bu yangilanishdan so‘ng kompaniya “sog‘liqni saqlash sohasida jamiyat rivojiga eng katta hissa qo‘shadi.”

Buning uchun to‘liq qayta ishlangan “Sog‘liq” ilovasini o‘z ichiga olgan Project Mulberry loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Xizmat yangi “sun'iy intellekt agenti” boshqaruvi ostida ishlaydi, u ma’lum darajada haqiqiy shifokorga o‘xshash vazifalarni bajaradi.

Health ilovasi qurilmalardan ma’lumotlarni yig‘ishda davom etadi va sun’iy intellekt shifokor ushbu ma’lumotlar asosida salomatlikni yaxshilash bo‘yicha shaxsiy tavsiyalar beradi.

Hozirda Apple kompaniyada ishlaydigan shifokorlar yordamida “sun'iy intellekt agenti"ni o‘qitmoqda.

Shuningdek, o‘quv videoroliklarini yaratish rejalashtirilgan — buning uchun tashqi shifokorlar, jumladan, uyqu, ovqatlanish, fizioterapiya, ruhiy salomatlik va kardiologiya sohasidagi mutaxassislar jalb qilinadi.

Masalan, agar “Sog‘liq” ilovasi yurak urishining salbiy o‘zgarishlari haqida ma’lumot olsa, ilova yurak kasalliklari xavfini tushuntiruvchi videoni ko‘rishni taklif qilishi mumkin.

Bundan tashqari, Apple o‘z kuchlarini ovqatlanishni kuzatish funksiyalarini ishlab chiqishga yo‘naltirmoqda. Ular yangilangan “Sog‘liq” ilovasining muhim qismi bo‘ladi.

Mark Gurmanning ta’kidlashicha, loyiha ustida jadal ish olib borilmoqda — yangilangan ilova iOS 19.4 versiyasida chiqarilishi kutilmoqda. Yangilanish kelgusi yilning bahori yoki yoziga rejalashtirilgan.


Avvalroq Spot Apple birinchi buklanadigan iPhone’ni kelasi yili chiqarishi mumkinligi haqida yozgandi.

Yangi iPhone Samsung Galaxy Z Fold’ga o‘xshash kitobcha shaklida bo‘ladi. Bu unga ixcham planshetga aylanish imkonini beradi.