O‘zbekiston Qozog‘istondan Afg‘onistonga don tranziti uchun tarifni 40%ga kamaytirdi. Bu haqda “Qozog‘iston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
29 mart kuni “Qozog‘iston temir yo‘li” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbarlari Olmaotada ishchi uchrashuv o‘tkazdilar.
Tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish bilan birga, o‘tgan yilgi qo‘shma faoliyat natijalarini sarhisob qilib, 2025-yilga mo‘ljallangan rejalarni belgilab oldilar.
Qozog‘iston Sari Og‘och tutashuvining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 50%gacha oshirish orqali “yuk jo‘natuvchilarning barcha rejalarini to‘liq bajarilishini” ta’minladi.
Uchrashuvda “O‘zbekiston temir yo‘llari” vakillari Qozog‘iston donining Afg‘onistonga tranziti uchun tarifni 40%ga kamaytirish to‘g‘risida e’lon qildilar.
Bu Oazis (Qoraqalpog‘iston) davlatlararo tutashuv punkti orqali G‘alaba temir yo‘l stansiyasiga (Surxondaryo viloyati) yuk tashishga taalluqlidir.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Qozog‘iston Transafg‘on yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish to‘g‘risida kelishib oldilar.
2023-yil iyulda Qozog‘iston O‘zbekiston hududidan Afg‘onistonga un tranziti uchun tariflarni pasaytirishni o‘zbek tomonidan so‘ragani ma’lum bo‘lgandi.
O‘sha yilning avgust oyida Qozog‘iston Afg‘onistonga eksport qilish uchun O‘zbekistonga muqobil yo‘nalish izlayotgani oshkor bo‘ldi. O‘zbekiston orqali qozoq don mahsulotlarini tashish tariflari yuqori deb baholandi.
Avvalroq Spot Donald Tramp avtomobillar importiga 25%lik bojlar joriy qilayotgani haqida yozgandi.
Tramp ma’muriyati bu AQShga yiliga $100 mlrd daromad keltirishini va shtatlarda avtomobil ishlab chiqarishning oshirilishini kutmoqda.