Neuralink 2025-yil oxirigacha odamga ko‘rish implantini o‘rnatish bo‘yicha birinchi operatsiyani o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Neuralink rahbari Ilon Mask 2025-yil 30-mart kuni Viskonsin shtatidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deb yozdi texnobloger Soyer Merritt X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Qurilma to‘liq ko‘zi ojiz odamlarning ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun mo‘ljallangan.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, dastlab, piksellar sonini Nintendo’ning dastlabki grafikasi kabi past bo‘ladi, ammo oxir-oqibat insonning normal ko‘rish qobiliyatidan oshib ketishi mumkin.

2016-yilda asos solingan Neuralink miyani kompyuter bilan bevosita bog‘lash uchun interfeyslar ishlab chiqarmoqda. Kompaniya 2024-yil boshida insonda o‘tkazilgan ilk operatsiya haqida ma’lumot berdi.

Ikkinchi bemorning jarrohlik amaliyoti haqida Ilon Mask 2024-yil avgustda xabar qildi. Uchinchi bemorga implant o‘rnatilgani 2025-yil yanvarda ma’lum bo‘ldi.

Blindsight — “Telepatiyadan keyingi Neuralink mahsuloti”. 2024-yil martida Mask implant “allaqachon maymunlarda ishlab turibdi” deb ma’lum qildi. Sentabrda Neuralink Blindsight implantini sinash uchun ko‘ngillilarni izlay boshladi.

Kompaniya bunday texnologiyalar bilan shug‘ullanayotgan yagona tashkilot emas. Ko‘rish qobiliyati buzilgan odamlar uchun implant ustida, jumladan, Neuraling hammuassisi va sobiq rahbari Maks Xodak tomonidan tashkil etilgan Science Corp ham ishlamoqda. 2022-yilda u Science Eye implantini namoyish etgan edi.