1-aprel kuni Olmazor tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.

“Iste'molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida, 1-aprel kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi”, deyiladi xabarda.

Xususan, quyidagi hududlarda iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • “Sebzor”, “Yuqori sebzor”, “Yangi sebzor”, “Namuna”, “Chilto‘g‘on” hamda “Hasti Imom” MFYlarining ayrim hududlarida soat 11:00dan 15:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.