Meta korporatsiyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘iga yangilangan “Do‘stlar” bo‘limini qo‘shdi. Bu haqda kompaniya blogida e’lon qilindi.
Bu bo‘lim foydalanuvchining do‘stlari tomonidan yaratilgan postlar, hikoyalar va Reels videolaridangina iborat yangiliklar lentasini shakllantirish imkonini beradi.
Qayd etilishicha, yangi lentada tavsiyalar va reklama materiallari bo‘lmaydi. Bu asosiy lentani to‘ldirib yuborgan reklama kontenti va guruhlardagi tasodifiy postlardan muayyan tanaffus bo‘lishi mumkin.
Endi foydalanuvchilar kim va nimani ko‘rishi kerakligini belgilaydigan algoritmlar aralashuvisiz do‘stlari ulashgan kontentni ko‘radilar.
Kompaniya vakillarining aytishicha, vaqt o‘tgan sari platforma guruhlar imkoniyatlarini kengaytirib, video va reklama maydonchalarining funksiyalarini takomillashtirib borgan, ammo “do‘stlar” ikkinchi o‘ringa tushib qolgan. Yangi lenta ijtimoiy tarmoqni o‘z negiziga qaytarish va yaqin kishilar bilan muloqotni tiklashga qaratilgan.
“Do‘stlar” bo‘limiga ilovadagi navigatsiya paneli orqali kirish mumkin, uni sozlamalar orqali mustahkamlash ham imkoni bor.
Kompaniya platformada do‘stlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni kuchaytirish maqsadida kelgusida yanada yangilanishlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Spot Meta Facebook va Instagramga yuzni tanish tizimini qaytarishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, kompaniya shu orqali akkauntlarni tiklash va firibgarlarga qarshi kurashishni rejalashtirmoqda.