Amerikaning Forbes jurnali dunyoning eng boy odamlari reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Ilon Mask $342 mlrd boylik bilan egalladi. Ikkinchi o‘rinda esa $216 mlrd bilan Mark Sukerberg, uchinchi o‘rinni esa Jeff Bezos $215 mlrd boylik bilan egallab turibdi.

To‘rtinchi pog‘onoda Oracle korporatsiyasi asoschisi Larri Ellison $192 mlrd turgan bo‘lsa, kuchli beshlikni o‘tgan yili reytingda yetakchilik qilgan Louis Vuitton Moet Hennessy prezidenti Bernard Arno $178 mlrd bilan yakunladi.

Reytingdagi o‘rni
Ismi
Boyligi
1
Ilon Mask
$342 mlrd
2
Mark Sukerberg
$216 mlrd
3
Jeff Bezos
$215 mlrd
4
Larri Ellison
$192 mlrd
5
Bernard Arno
$178 mlrd
6
Uorren Baffet
$154 mlrd
7
Larri Peyj
$144 mlrd
8
Sergey Brin
$138 mlrd
9
Amansio Ortega
$124 mlrd
10
Stiv Balmer
$118 mlrd

Alisher Usmonov Forbes milliarderlar ro‘yxatiga birinchi marta O‘zbekiston nomidan kiritildi. Ungacha Usmonov Rossiya fuqarosi sifatida bu ro‘yxatdan joy olardi. Uning boyligi $16,7 mlrd dollar bo‘lib, reytingda 125-o‘rinni egallab turibdi.

eng boy odamlar, forbes

Mart oyi boshida Ilon Maskning boyligi $100 mlrddan ko‘proqqa kamaygani haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, Maskning sof kapitali Donald Tramp tomonidan joriy etilgan bojlar tufayli fond bozorining pasayishi natijasida jiddiy zarar ko‘rgan.

Shuningdek, dunyoning eng boy besh odami Trampning inauguratsiyasidan keyin $209 mlrd yo‘qotgani haqida ma’lum qilindi.

Birgina Tesla aksiyalari sotuvlar prognozining pasayishi tufayli 2020-yildan beri eng katta pasayishni boshdan kechirdi.