O‘zbekiston endi 200 mln so‘mgacha bo‘lgan omonatlarni kafolatlaydi. Bu nimani anglatadi?

Spot yangi cheklovning bozorga, mijozlarning xatti-harakatlariga va moliyaviy tizimga bo‘lgan ishonch darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash maqsadida iqtisodchilar, bankirlar va soha vakillari bilan suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


AQSh joriy etayotgan bojlar O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Ekspertlar fikri

Tramp e’lon qilgan import tariflari jahon savdosiga $33 trln zarar yetkazishi mumkin. Spot ekspertlar bilan bu O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi hamda AQShning butun dunyo bilan savdo urushi qanday xavf va imkoniyatlarga olib kelishini muhokama qildi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda boy aholini soliqqa tortishning alohida tizimini yaratish rejalashtirilmoqda

Soliq qo‘mitasi eng yuqori hamda xorijda olingan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning to‘liq bazasini shakllantiradi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Apple Trampning yangi bojlari tufayli iPhone, iPad, MacBook narxlarini oshirishi mumkin — NYT.
    Birgina Xitoy bojlari Apple’ga 2025-yilda $8,5 mlrdga tushishi va kompaniya foydasini deyarli $8 mlrdga qisqartirishi mumkin.
  2. Sanoat parki, qo‘shma savdo palatasi va mineral resurslar sohasida kelishuv. Prezident Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik bo‘yicha nimalarni ilgari surdi?
    Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatish haqida qaror qabul qiladi. Investitsiya platformasini ishga tushirish hamda biznes uchun manfaatli sharoitlarni ishlab chiqish taklif qilindi.
  3. To‘lov xizmatlarida pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi.
    11,25 mln so‘mdan boshlangan pul o‘tkazmalari yuzasidan jo‘natuvchining shaxsiy ma’lumotlarini ilova qilish talab etiladi.
  4. Toshkentda minivenlarda taksichilik qilishga ruxsat beriladi.
    Bundan tashqari, agregatorlarga yo‘nalishsiz taksilarga ayrim hududlarda to‘xtash, bepul kirish hamda avtobus yo‘lagida harakatlanish huquqi beriladi.
  5. O‘zbekistonda Leapmotor yengil avtomobillarini sertifikatlash vaqtincha to‘xtatildi.
    Bunga Leapmotor C16 avtomobilining xavfsizlik talablariga javob bermasligi sabab bo‘lgan. Nazorat inspeksiyasi avtomobil tanlashda ularning belgilangan talablarga javob berishiga e’tibor qaratishni so‘ramoqda.
  6. Forbes dunyoning eng boy odamlarini e’lon qildi.
    Ro‘yxatda $342 mlrd boylik bilan Ilon Mask birinchi, Mark Sukerberg esa $216 mlrd bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.
  7. Donald Tramp O‘zbekiston va dunyoning boshqa davlatlaridan AQShga tovarlar importiga boj joriy qildi.
    Ba’zi mamlakatlar uchun stavka 50%ni tashkil etadi. Qozog‘iston uchun tarif 27%, O‘zbekiston va Ozarbayjon uchun esa 10% boj belgilandi.
  8. “Mijozlar uchun qiyinchiliklarni keltirib chiqarmaydi” — Markaziy bank pul o‘tkazmalariga qo‘yiladigan yangi talablar haqida
    Qayd etilishicha, pul jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatish talabi banklar va to‘lov tashkilotlari o‘rtasidagi axborot almashinuviga taalluqli hisoblanadi.
  9. Belgiya korrupsiya ishi bo‘yicha musodara qilingan $108 mlnni O‘zbekistonga qaytaradi.
    Telekommunikatsiya shartnomalarini rasmiylashtirish uchun pora olish bilan bog‘liq tergov doirasida $200 mln miqdoridagi mablag‘ musodara qilingan.
  10. Elektr va gaz iste’moli ijtimoiy normadan oshgan ayrim fuqarolarga kompensatsiya beriladi.
    Shuningdek, 2025/2026 yilgi sitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘m miqdorida bir martalik yordam beriladi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Davr Bank yuridik shaxslar uchun 100 mln so‘mgacha onlayn kredit taqdim etadi

Davr Bank yangi onlayn kreditlash xizmati orqali yuridik shaxslarga 100 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni masofadan turib tez va oson olish imkoniyatini taqdim etadi.


Yarim milliardlik aylanmaga ega oilaviy biznes: er-xotin Uzum Market’da biznesni qanday qurishdi

Tadbirkor Aleksey Karamatov marketpleysda biznesni yo‘lga qo‘yish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, o‘z yo‘nalishini qanday tanlash, xaridorlarni jalb qilish va barqaror o‘sishga erishish haqida so‘zlab berdi.