Kiberxavfsizlik markazi DUK tomonidan Toshkent tovar xomashyo birjasi AJ O‘zMSt ISO/IEC 27001:2023 standarti talablariga muvofiqlik sertifikati taqdim etildi.

Ushbu sertifikat jamiyat o‘z faoliyatida “Axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik va maxfiylikni himoya qilish. Axborot xavfsizlik menejment tizimlari. Talablar” milliy standarti talablariga to’liq amal qilishini hamda xizmat ko’rsatishda barcha manbalarning maxfiyligi, mavjudligi va yaxlitligini himoya qilishda barqarorligini va axborot xavfsizligi ta’minlashini tasdiqlaydi.

Bunda, Axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash, mijozlarning (foydalanuvchilar) ishonchini oqlash, bozorda raqobatbardoshlikni oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida"gi Qonuni va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlar talablarini bajarish maqsadida O‘zMSt ISO/IEC 27001:2023 standarti talablari asosida Toshkent tovar xomashyo birjasi AJ tomonidan Axborot xavfsizligi menejment tizimini ishlab chiqildi va joriy etildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent tovar xomashyo birjasi AJ 2024 yildan birja faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda va saytida onlayn birja savdolarini tashkil etib kelmoqda.

Reklama huquqlari asosida.