WhatsApp jamoasi foydalanuvchilarning surat va videolarini kim va qanday saqlayotganini nazorat qilish imkonini beruvchi funksiyalar ustida ish olib bormoqda, deya xabar berdi WABetaInfo.

Bu messenjer oddiy, yo‘qolmaydigan xabarlar uchun bunday yuqori darajadagi himoyani birinchi marta taqdim etmoqda.

Messenjer ishlab chiquvchilari milliardlab foydalanuvchilarning odatiy tajribasini o‘zgartiradigan funksiyalar to‘plamini faol sinovdan o‘tkazmoqda.

Ilovaning Android uchun beta-versiyasida allaqachon bir nechta qiziqarli yangiliklar mavjud.

Birinchi yangilanishlar to‘plami qo‘ng‘iroqlarga tegishli. Endi ovozli qo‘ng‘iroqlarga mikrofon o‘chirilgan holda javob berish mumkin — bu shovqinli joylarda yoki darhol gaplashishga tayyor bo‘lmaganingizda foydali bo‘ladi.

funksiya, nazorat, whatsapp

Video qo‘ng‘iroqlar uchun esa kamerani yoqmasdan turib qo‘ng‘iroqni qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday parametr notanish odamlar qo‘ng‘iroq qilganda yoki video suhbatga tayyar bo‘lmaganingizda shaxsiy hayotingizni himoya qiladi.

WhatsApp, shuningdek, video qo‘ng‘iroqlar paytida emoji-reaksiyalarni qo‘shadi. Bunda hissiyotlarini so‘zsiz real vaqtda ifodalash mumkin — suhbatdoshga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot paytida tabassum, yurakcha yoki qarsak emoji yuborish mumkin. Bu video muloqotni yanada jonli va hissiyotlarga boy qiladi.

O‘zgarishlarning ikkinchi muhim bloki media fayllar xavfsizligiga ta’sir qiladi. WhatsApp yuborilgan fotosuratlar va videolarni qabul qiluvchining galereyasida avtomatik saqlashni taqiqlovchi funksiyani ishlab chiqmoqda. Ilgari bunday himoya faqat o‘z-o‘zidan yo‘qoladigan xabarlar uchun amal qilgan bo‘lsa, endi u barcha turdagi chatlar uchun joriy etiladi.

funksiya, nazorat, whatsapp

Bunga qo‘shimcha ravishda chat tarixini eksport qilishni bloklash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu sozlamani faollashtirganda suhbatdosh yozishmalarni faylga yuklay olmaydi. Bu maxfiy suhbatlarning tarqalishiga qo‘shimcha to‘siq yaratadi.

Yangilanishlarning uchinchi guruhi statuslar bilan ishlashni takomillashtiradi. Hikoyalarga musiqa kliplarini qo‘shish imkoniyati paydo bo‘ladi, bu ularni yanada ifodali qiladi. Shriftlar va ranglarni tanlash uchun interfeys qulayroq bo‘ladi — WhatsApp undan foydalanishni yanada intuitiv qilish maqsadida uning dizaynini qayta ishladi.

funksiya, nazorat, whatsapp

Ushbu funksiyalarning barchasi hozircha faqat ayrim beta-testchilar uchun mavjud, keng omma esa biroz kutishiga to‘g‘ri keladi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, WhatsApp Telegram va Signal bilan raqobat kuchayib borayotgan sharoitda o‘z mavqeini mustahkamlashga harakat qilmoqda.


Avvalroq Spot WhatsAppda chat mavzulari paydo bo‘lgani haqida yozgandi.

Asosiy mavzuni o‘rnatib, 30 ta fon rasmi variantlaridan birini tanlash yoki barcha suhbatlar uchun shaxsiy dizaynni moslash mumkin.