Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

8-aprel kuni ta’mirlash ishlari sabab Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha):

  • “Darxon”, “Katta Oltintepa” va “Oiy himmat” MFYlari;
  • Aholi xonadonlari soni: 550 ta yerli xonadon, 7 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 11 ta.

Yakkasaroy tumani (11:00 dan 18:00 gacha):

  • “Shoxjahon” MFY;
  • Aholi xonadonlari soni: 9 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 8 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.