Google neyron tarmog‘i rasmlarni tanib olishni va ular haqidagi savollarga javob berishni o‘rgandi.
Kompaniya 2025-yil mart oyida obunachilar uchun sinov rejimida ishga tushirgan Gemini 2.0 asosidagi AI Mode Lens’dan vizual qidiruv funksiyalarini oldi, dedi Google.
Foydalanuvchi suratga olishi yoki fotosuratni yuklashi, so‘ngra rasmdagi tafsilotlar haqida so‘rashi mumkin. Sun’iy intellekt havolalar bilan batafsil javob beradi. Funksiya ilovada ishlaydi.
The Verge nashrining ta’kidlashicha, qidiruv tizimidagi AI Mode — bu Googlening Perplexity’ga va ChatGPT’dagi internet-qidiruv rejimiga javobi hisoblanadi.
Mart oyi boshida kompaniya Gemini 2.0 asosida AI rejimini sinov tariqasida ishga tushirdi. U manbalarga havolalarni o‘z ichiga olgan qisqacha xulosalar taqdim etuvchi AI Overviews imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Google Search mahsulotlari bo‘yicha vitse-prezidenti Robbi Stayn aytishicha, neyrotarmoq topilgan faktlarni manbalarga havolalar bilan mustahkamlashni o‘rgandi va agar u javobga “ishonchsiz” bo‘lsa, faqat veb-saytlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Shuningdek, model qachon xulosaga rasm yoki video qo‘shish kerakligini aniqlaydi — masalan, “qanday qilish kerak” kabi so‘rovlar uchun.
Avvalroq Spot Google Android smartfonlarida ovozli yordamchi xizmatini o‘chirishi haqida yozgandi.
Biroq Google xizmatni o‘chirishning aniq muddatini aytmadi, uning o‘rnini Gemini chat-boti egallashi ma’lum bo‘ldi.