O‘zbekiston temir yo‘llari sho‘ba korxonasi — Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi ishonchli boshqaruvga berildi. Bunga KorpInfo Telegram-kanali e’tibor qaratdi.

Kuzatuv kengashi raisi Sharofiddin Kadirov aksiyadorlarning 28-martdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bayonnomasiga asosan (kvorum — 90,02%), unda ishtirokchilarga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Transport Engineering Center kompaniyasining 2025-yil 21-fevraldagi kuzatuv kengashi tarkibiga berilgan nomzodlar to‘g‘risidagi xatlarini taqdim etdi.

Shuningdek, Sharofiddin Kadirov O‘zbekiston temir yo‘llari'ga tegishli zavod ustav kapitalining 90% ulushi joriy yilning 22-yanvaridagi shartnomaga muvofiq, Transport Engineering Center ishonchli boshqaruviga bergan Davaktiv agentligiga o‘tkazilganini ma’lum qildi. Kuzatuv kengashi a’zolariga haq to‘lashni bekor qilishga qaror qilindi.

Zavod kuzatuv kengashining to‘qqiz nafar a’zosi vakolatlari muddatidan oldin bekor qilinib, quyidagilardan iborat yangi tarkib tasdiqlandi:

  • Mahkamov Ilhom Rustamovich — transport vaziri;
  • Kadirov Sharofiddin Taxirovich — O‘zbekiston temir yo‘llari bosh muhandisi;
  • Ismanaliyev Murodjon Tolibjonovich — Transport vazirligi bo‘limi boshlig‘i;
  • Muxammadiyev O‘ktam Sharifovich — Davaktiv agentligi bosh mutaxassisi;
  • Chebakov Aleksandr Yurevich — Transport Engineering Center ishonchli boshqaruvchisining vakili;
  • Ovelyan David Artyomovich — Transport Engineering Center vakili;
  • Loshmanov Aleksandr Yevgenevich — Transport Engineering Center vakili;
  • Gulyayev Yegor Vasilevich — Transport Engineering Center vakili;
  • Lachugin Kirill Alekseyevich — Transport Engineering Center vakili.

Bundan tashqari, Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodining affillangan shaxslari ro‘yxatidan avvalgi tarkibning va O‘zbekiston temir yo‘llari'ning sakkiz nafar a’zosi chiqarildi, shu bilan birga, kuzatuv kengashi yangi tarkibining sakkiz nafar a’zosi va Transport Engineering Center 20% va undan ortiq aksiyalar egasi sifatida kiritildi.

Transport Engineering Center’ning besh nafar vakili Rossiya fuqarolaridir. Ularning ayrimlari Rossiyaning Transmashxolding (TMX) mashinasozlik guruhiga aloqador bo‘lib, u temir yo‘l va shahar temir yo‘l transporti uchun harakatlanuvchi tarkib ishlab chiqaradi.

Masalan, Aleksandr Chebakov TMX (asosiy kompaniya) boshqaruv kengashi a’zosi, Aleksandr Loshmanov — TMX — Yo‘lovchi transporti bosh direktori, Yegor Gulyayev — TMX Investitsiya bosh direktori, Kirill Lachugin — Integratsiyalashgan vagonsozlik kompaniyasi (Transmashxolding sho‘ba korxonasi) rahbaridir.

2024-yilning mart oyida prezident Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodiga tashrif buyurib, elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirish, alohida generatsiya quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar bergandi. Bundan tashqari, kon-metalurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish, keng kupeli yangi turlarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgandi.

Zavodda 61−950 va 61−951 modelidagi yangi kupe va plaskart yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarildi. 12 ta vagondan iborat dizel poyezd Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida yo‘lga qo‘yildi.