GlobalHR xususiy bandlik agentligi Kanadadagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov e’lon qildi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqarolar mamlakatdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va qurilish kabi sohalardagi 30 mingdan ortiq vakansiyalar uchun hujjat topshirishlari mumkin.
Qabul qilinganlarga oyiga $3000 dan boshlab ish haqi taklif etiladi.
Nomzodlar 18−50 yosh oralig‘ida, ingliz, ispan yoki fransuz tillarida muloqot qila olishi (sertifikat mavjudligi ustunlikka ega), jismonan sog‘lom bo‘lishi kerak.
Shu bilan birga, jinoiy javobgarlikka tortilmagan hamda ish tajribasiga ega bo‘lish talab etiladi.
Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Agentlik ish shartlari va xarajatlar bo‘yicha xususiy bandlik agentligi mutaxassislariga murojaat qilishni so‘radi.
Batafsil ma’lumotlarni 95−839−99−99, 95−933−09−99 hamda 95−833−99−90 raqamlaridan olish mumkin.
2024-yilning boshida O‘zbekiston va Kanada fuqarolarni mamlakat mehnat bozoriga jalb qilish hamda xususiy rekruting kompaniyalari bilan hamkorlik qilish masalalarini ko‘rib chiqqandi.