6-aprel kuni aqlli elektr transporti bo‘yicha jahon yetakchi Yadea kompaniyalaridan biri Toshkentda o‘zining flagman elektr mototsikli Yadea Epoc taqdimotini namoyish etdi. Ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy shahar dizayni va aqlli yechimlarning uyg‘unligi Epoc’ni qulaylik va sifatni qadrlaydigan o‘zbekistonliklar uchun maqbul tanlovga aylantiradi.

“SUV” darajasidagi shahar elektr mototsikli: o‘rta sinf uchun yangi daraja

Epoc shunchaki mototsikl emas. Yadea O‘zbekiston bozorini o‘rganib chiqib, bu turdagi transport vositalarining mashhurligini hisobga olgan holda ikki g‘ildirakli texnikasini “kichik SUV” sifatida taqdim etdi. U kundalik va oilaviy sayohatlar, shahar hayoti uchun juda mos bo‘lib, qulaylik va tejamkorlikni o‘zida aks etadi.

reklama, yadea epoc

Epocning asosiy afzalliklari: masofa, texnologiyalar, uslub

Epoc ilg‘or texnologiyalar, premium qulaylik va zamonaviy dizaynni o‘zida mujassam etib, har bir sayohatni qulay, xavfsiz va tejamkor qiladi. Kuchli batareyadan tortib aqlli funksiyalargacha — barchasi foydalanuvchilarga yo‘lda maksimal qulaylik va ishonchni ta’minlash uchun yaratilgan.

1. “TTFAR” texnologiyasi asosida bitta quvvat bilan ko‘proq masofa.

Epoc 72V38Ah akkumulyatori bilan jihozlangan bo‘lib, u 80 km gacha zaryadsiz haydash imkonini beradi. Bu uni shahar bo‘ylab kundalik sayohatlar uchun ham, dam olish kunlarida yoqimli sayrlar uchun ham maqbul tanlovga aylantiradi. Bundan tashqari, Epoc’dan foydalanish juda samarali — 100 km masofaga atigi 1000 so‘m sarflanadi, bu esa transport xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. 3200 Vt quvvatli dvigatel turli yo‘l sharoitlarida ravon tezlashish va ishonchli harakatlanishni ta’minlaydi, bu esa haydovchiga dinamik va qulay boshqarish imkonini beradi.

2. Hashamatli qulaylik va premium dizayn.

Epoc bir qarashda e’tiborni tortadi. Uning nafis LED optikasi, yaltiroq panellari va zamonaviy yetti dyuymli displeyi nafis uslub va yuqori texnologiyalarni o‘zida mujassam qiladi. Ammo tashqi ko‘rinish uning afzalliklarining bir qismi, xolos. 630 mm uzunlikdagi keng o‘rindiq va keng oyoq tagligi (380 mm) o‘tirishni qulay, uzoq safarlarni esa oson qiladi. Buyumlarni saqlash uchun 30 litr sig‘imli yukxona mavjud bo‘lib, bu kundalik ishlar va shahar bo‘ylab sayohatlar uchun ayniqsa foydalidir. Gidravlik osma va shikastlanishdan himoyalangan 12 dyuymli shinalar notekis yo‘llarda ham ravon harakatlanish va barqarorlikni ta’minlaydi.

3. AIGO intellektual texnologiyalari: yangi darajadagi qulaylik va xavfsizlik.

Epoc qulaylik uchun yaratilgan bo‘lib, uning aqlli texnologiyalari har bir sayohatni osonroq va xavfsizroq qiladi. EasyGO‘ning Bluetooth orqali boshqarish funksiyasi sabab mototsikl egasi yaqinlashganda avtomatik ravishda ochiladi — kalitlar endi eskilik sarqiti. EasyGO oilaviy hisobi barcha oila a’zolariga mobil ilova orqali Epoc’ga ulanish va sozlamalarni boshqarish imkonini beradi. AiSafety innovatsion xavfsizlik tizimi esa haydovchi xavfsizligi borasida qayg‘uradi: agar yon tirgak pastga tushsa, dvigatel avtomatik ravishda o‘chadi va tasodifiy ishga tushishning oldini oladi.

reklama, yadea epoc

Yadea Epoc: O‘zbekistonda yangi harakat davri

Yadea Epoc — bu shunchaki elektr mototsikl emas, balki innovatsiya, qulaylik va uslubni o‘zida mujassam etgan puxta o‘ylangan shahar transportidir. U kundalik hayotda qulaylik, xavfsizlik va ilg‘or texnologiyalarni qadrlaydigan insonlar uchun yaratilgan.

Elektr transportini yaratish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri sifatida Yadea premium va ekologik toza transportni taklif etadi. Epoc ishga tushirilishi bilan o‘zbekistonlik iste’molchilar jahon standartlariga javob beradigan premium va innovatsion transport vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Kelajakda Yadea ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqishda davom etadi, elektr mobilligi sohasidagi tendensiyalarni shakllantiradi va foydalanuvchilarga eng yaxshi harakatlanish tajribasini taqdim etadi.

Yadea kompaniyasi EPOC modelidan tashqari, elektrovelosipedlar, elektrosamokatlar va elektr tricikllar kabi keng assortiment mahsulotlar taklif qiladi. Agar kim qaysi bir mahsulotga qiziqsa, Yadea rasmiy saytida yoki eng yaqin do’konda maslahat olishi mumkin.

Telefon: (+998) 50−055−80−80.
Manzil: Sergeli t-ni, Sofdil ko‘ch., Tashkent Index, H2−1003.

Sayt: yadea.com.uz
E-mail: yadea.uz@yadea.com

Reklama huquqlari asosida.