2024-yil dekabr oyida O‘zbekiston bozorida birinchilardan bo‘lib Fido-Biznes kompaniyasi tomonidan FB Islamic Finance dasturiy mahsuloti ishlab chiqildi. Uning asosiy xususiyatlari — shariat tamoyillariga mos kelish va ribo (foiz)ni istisno qilish, axloqiy me’yorlarga rioya qilish. Bu uni islom moliyasi sohasida ishlashga intilayotgan muassasalarga islom moliyaviy xizmatlarini ko‘rsatish uchun noyob yechimga aylantiradi:

  • banklar;
  • mikromoliya tashkilotlari;
  • lizing tashkilotlari.

Islom moliyasi tamoyillariga to‘liq mos kelishidan tashqari, FB Islamic Finance yechimi mahalliy bozorga to‘liq moslashtirilgan va moliya tashkilotlari infratuzilmasi bilan integratsiya qilishga tayyor. FB Islamic Finance’ning mikroservis arxitekturasida ishlab chiqilgani yangi mahsulotlarni bozorga chiqarish vaqtini (Time To Market) qisqartirish, jarayonni sezilarli darajada osonlashtirish va ishga tushirish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga, yechimning moslashuvchanligi va kengayishi tufayli moliyaviy tashkilot o‘zining noyob mahsulotlarini mikroservislar ko‘rinishida qo‘shish orqali uning funksional imkoniyatlarini mustaqil ravishda kengaytirish imkoniyatiga ega. Shuningdek, Fido-Biznes kompaniyasi mutaxassislari 24/7 rejimida yechimga texnik yordam ko‘rsatadi.

Fido-Biznes'ning Alhamd Shariah Advisory Services Private Limited (Pokiston) xalqaro tashkiloti bilan ilgari yo‘lga qo‘yilgan hamkorligi joriy yilning fevral oyida FB Islamic Finance’ning ikkita murobaha va ijara mahsulotining Islom moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) standartlariga muvofiqligi to‘g‘risida xalqaro sertifikat olish imkonini berdi. Bu esa FB Islamic Finance’ni nafaqat O‘zbekiston Respublikasi moliya tashkilotlarida joriy etish, balki xalqaro bozorga chiqish imkonini beradi.

Kelajakda Fido-Biznes jamoasi muzoraba (ishonchli boshqaruv — daromadlarni taqsimlash), musharaka, istisna va salam kabi boshqa islomiy moliya mahsulotlarini joriy etish, shuningdek, ushbu mahsulotlar uchun AAOIFI standartlariga muvofiqlik bo‘yicha xalqaro sertifikat olish niyatida.

Reklama huquqlari asosida.