Instagram “bloklangan” Reels’ni sinovdan o‘tkazishni boshladi — foydalanuvchilar “maxfiy kod"ni kiritgan taqdirda ularni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. TechCrunch Instagram’dagi Design akkauntida shunday funksiyaning sinovlarini kuzatdi.
Profil lentasida “bloklangan” video ulashilgan: video xira ko‘rinishda bo‘lib, “tavsifidagi birinchi xeshteg” ko‘rsatmasi va “maxfiy kod"ni kiritish uchun maydon mavjud edi. Birinchi xeshteg “threads” edi. U maydonga kiritilgach, Reels ochildi.
Instagram yangi funksiya bo‘yicha nashr tomonidan berilgan izoh so‘roviga javob bermadi.
Ta’kidlanishicha, bunday funksiya obunachilarning faolligini oshirish usulidir. Bundan tashqari, bu eksklyuziv videolarni eng “sodiq” auditoriya bilan baham ko‘rish imkoniyatidir.
Masalan, muallif “mening tug‘ilgan kunim” yoki “mening itimning ismi” deb ko‘rsatma berib, videoni bloklashi mumkin. Funksiyadan brendlar ham foydalanishi mumkin, masalan, mahsulotlarni ishga tushirish uchun.
TechCrunch, shuningdek, Reels “blokirovkasi"ning Stories “xiralashishi” bilan ba’zi o‘xshashliklarini ta’kidlaydi. Ijtimoiy tarmoq uni 2024-yil may oyida qo‘shgan: boshqa foydalanuvchilar bunday postlarni faqat javob xabarini yuborgan taqdirdagina ko‘rishadi.
Avvalroq"Instagram Reelsni alohida ilovaga ajratish haqida o‘ylayotgani haqida xabar berilgandi.
Ko‘pchilik foydalanuvchilarning fikricha, platforma video kontent bilan haddan tashqari to‘lib ketgan va o‘zining dastlabki g‘oyasi — fotosuratlar almashish ilovasi ekanligini yo‘qotgan.
Mart oyi oxirida Instagram videolarni tezkor o‘tkazish funksiyasini taqdim qilgandi. Bunda foydalanuvchilar ekranning o‘ng yoki chap tomonini uzoq bosib turib, videoni 2x tezlikda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.