E’tibor qarating: Ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
Avvalroq Spot banklar so‘mdagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini bir vaqtning o‘zida pasaytira boshlagani haqida xabar bergandi. Omonatlar shartlarining o‘zgarishi haqida O‘zmilliybank, Agrobank, Asakabank, Ipoteka-bank, Mikrokreditbank, Kapitalbank va TBC Bank rasman ma’lum qildi. Stavkalar pasayishining aniq sababi noma’lum, biroq mutaxassislar va Spot suhbatdoshlari buni Markaziy bankning ko‘rsatmasi bilan bog‘lamoqda.
Spot milliy valyutadagi oflayn va onlayn omonatlar shartlarini o‘rganib chiqdi. Fevral oyidan beri maksimal foiz stavkasi uch foiz punktga pasaygan. O‘shanda Anorbank va TBC banklari to‘ldirish imkoniyatisiz yillik 26%li omonatlarni taklif etgan edi. Yanada moslashuvchan shartli depozitlarni — to‘ldirish va qisman yechib olish imkoniyati bilan — 25% stavka bo‘yicha ochish mumkin edi.
Hozir stavkalar 20−23% oralig‘ida o‘zgarib turadi. Eng yuqori — 23% stavkani Anorbank, Davrbank, Yangi bank, Tenge Bank va TBC Bank taklif qilmoqda
Odatda, yuqori foiz stavkalariga ega bo‘lgan omonatlar qat’iyroq shartlar bilan birga keladi. Aksariyat banklar bunday omonatlarni to‘ldirish imkoniyatini taqdim etmaydi, ammo ba’zida banklar bunga dastlabki bir necha oy ichida ruxsat beradi yoki minimal to‘ldirish miqdorlarini belgilaydi.
Hozirda foiz stavkalari pasayganidan so‘ng, banklar eng daromadli omonatlar bo‘yicha ham mablag‘ni to‘ldirish va qisman yechib olish imkoniyati bilan moslashuvchan saqlash shartlarini taklif etmoqda.
Omonat ochish uchun talab qilinadigan eng kam summa 100 ming so‘mdan boshlanadi. Omonat ochishning minimal miqdori aksariyat banklarda 1 mln so‘mni tashkil etadi. Biroq, Turonbankda bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lib, 300 mln so‘mni tashkil qiladi.
Omonat muddatidan oldin yopilganda, foiz stavkasi mablag‘ning hisobvaraqda saqlanish muddatiga qarab pasaytiriladi. Ortiqcha to‘langan foizlar omonatning asosiy summasidan chegirib qolinadi.
Bank | Foiz stavkasi | Omonatning minimal miqdori | Muddati | To‘ldirish imkoniyati | Yechib olish imkoniyati |
23% | 100 ming so‘m | 24 oy | Yo‘q | Yo‘q | |
Tenge Bank | 23% | 100 mln so‘m | 13 oy | Bor | Bor |
23% | 1 mln so‘m | 25 oy | Yo‘q | Yo‘q | |
23% | 100 ming so‘m | 25 oygacha | Dastlabki 6 oyda | Yo‘q | |
Yangi bank | 23% | 1 mln so‘m | 25 oy | Bor, minimal 10 ming so‘m | Yo‘q |
Universalbank | 22% | 500 ming so‘m | 22 oy | Bor | Yo‘q |
Poytaxtbank | 22% | 1 mln so‘m | 24 oy | Yo‘q | Bor |
Trastbank | 22% | 500 ming so‘m | 24 oy | Bor | Qoldiq 500 ming so‘m |
Asia Alliance Bank | 22% | 1 mln so‘m | 24 oy | Yo‘q | Yo‘q |
Ipak yo‘li banki | 22% | 1 mln so‘m | 24 oy | Dastlabki 12 oy | Qoldiq 1 mln so‘m |
Infin Bank | 22% | 1 mln so‘m | 24 oy | Dastlabki 12 oy | Qoldiq 1 mln so‘m |
Ipotekabank | 21,5−22%* | 500 ming so‘m | 24 oy | Dastlabki 3 oy | Yo‘q |
Asakabank | 19−21%** | 100 ming so‘m | 24 oygacha | Bor | Yo‘q |
21% | 300 mln so‘m | 24 oy | Bor, minimal 1 mln so‘m | Yo‘q | |
Aloqabank | 21% | 100 ming so‘m | 36 oy | Bor | Qoldiq 100 ming so‘m |
Xalq banki | 21% | 10 mln so‘m | 18 oy | Bor | Qoldiq 10 mln so‘m |
Agrobank | 21% | 500 ming so‘m | 13 oy | Bor, minimal 500 ming so‘m | Qoldiq 500 ming so‘m |
20−21%* | 500 ming so‘m | 6 oy | Bor | Yo‘q | |
Biznesni rivojlantirish banki | 20−21%* | 500 ming so‘m | 13 oy | Bor | Bor |
Mikrokreditbank | 20−21* | 1 mln so‘m | 36 oygacha | Bor | Qoldiq 1 mln so‘m |
Kapitalbank | 20,5% | 100 ming so‘m | 25 oy | Bor | Qoldiq 100 ming so‘m |
20% | 3 mln so‘m | 24 oy | Yo‘q | - | |
20% | 10 ming so‘m | 555 oy | Dastlabki 333 kunda | Yo‘q | |
20% | 500 ming so‘m | 13 oy | Bor | Bor | |
O‘zsanoatqurilishbank | 20% | 100 ming so‘m | 24 oy | Bor | Bor |
19−20%* | 1 mln so‘m | 13 oy | Yo‘q | Yo‘q |
* — omonatning foiz stavkasi uni onlayn yoki oflayn ochish usuliga qarab farqlanishi mumkin.
** — bankning mobil ilovasi orqali ochilganda +2%.