Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

11-aprel kuni ta’mirlash ishlari sabab Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Yangihayot tumani (10:00 dan 17:00 gacha) — “Humo” MFY:

  • Aholi xonadonlari soni: 83 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 2 ta.

Sergeli tumani (14:00 dan 17:00 gacha) — “Qo‘sh Qo‘rg‘on” va “Qutbaraka” MFYlari:

  • Aholi xonadonlari soni: 1430 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 23 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.