11-aprel kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

1 gramm oltin 1 mln 376 ming 560 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 6 mln 883 ming so‘mdan sotilmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 6 mln 883 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 13 mln 766 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 27 mln 531 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 68 mln 828 ming so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 137 mln 656 ming so‘mni tashkil qiladi.

11-aprel kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $3200dan oshdi.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $3211,3ni tashkil qildi.

markaziy bank, oltin, oltin quymalar

Yil boshidan beri oltin AQShning yangi prezidenti Donald Trampning savdo siyosati va jahon savdosidagi keskinlikning kuchayishi fonida eng daromadli aktivga aylandi. Qimmatbaho metallarga bo‘lgan talab dunyoning markaziy banklari tomonidan sotib olinishi bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

“Yahoo! Finance” xabar berishicha, tahlilchilar Oq uyning tarif bo‘yicha qarorlarini hisobga olgan holda oltin narxining yanada ko‘tarilishini kutmoqda. Jumladan, “Macquarie Group” vakili Markus Garvi oltin narxi ayrim hollarda $3500gacha yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.