Shell brendining O‘zbekistondagi rasmiy makrodistribyutori sifatida faoliyat yurituvchi OilGroup kompaniyasi sanoat korxonalari uchun tadbir tashkil etdi. 9-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan konferensiya, sanoatda moylash materiallari va ularning zamonaviy ishlab chiqarishdagi qo‘llanishi bo‘yicha innovatsion yechimlar va dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun noyob maydon bo‘ldi.
Tadbirning asosiy yo‘nalishlari:
strategik hamkorlik va innovatsiyalar: konferensiyada ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga integratsiya qilishga qaratilgan biznes vakillari, davlat idoralari va mutaxassislar ishtirok etdi. Muhokamalar davomida sanoat korxonalarining samaradorligini oshirish, ilg‘or yechimlar orqali jarayonlarni optimallashtirish, shuningdek, dolzarb tendensiyalar va imkoniyatlar muhokama qilindi;
mavzuli sessiyalar va taqdimotlar: tadbir dasturida sanoat uchun mo‘ljallangan moylash materiallari sohasidagi yangi texnologiyalar va amaliy tajribalarni yorituvchi ma’ruzalar, panel muhokamalari hamda mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar innovatsion mahsulotlarning muvaffaqiyatli qo‘llanishi, tarmoqning rivojlanish istiqbollari va mahalliy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan yechimlar bilan tanishdi;
biznes aloqalarni o‘rnatish: konferensiya ishtirokchilarga professional tarmoqni kengaytirish, hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish imkonini berdi. Tadbir istiqbolli loyihalar va bozor ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratdi.
hissiyotlar va istiqbollar: tadbir iliq va ilhomlantiruvchi muhitda o‘tdi. Bu esa barcha ishtirokchilarda o‘sish va innovatsiyalar sari intilishda yagona jamoa bo‘lib harakat qilish hissini uyg‘otdi. Tashkilotchilar OilGroup va Shell kompaniyalarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlab, bu kabi muloqotlar soha yetakchilari o‘rtasida tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilayotganini bildirdi.
OilGroup kompaniyasi konferensiyani muvaffaqiyatli o‘tkazishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha hamkorlar, ishtirokchilar va homiylarga minnatdorchilik bildiradi. Tadbir davomida olingan bilimlar va o‘rnatilgan aloqalar mamlakat sanoat sektorini yanada rivojlantirish uchun kuchli turtki bo‘ladi.
Barcha hoxlovchilar ushbu faol sanoat ekotizimining bir qismiga aylanishi va keyingi tadbirlarga qo‘shilishi mumkin. OilGroup kompaniyasiga murojaat qilib, konferensiyalarda mehmon sifatida qatnashish va sanoatni rivojlantirishga qaratilgan so‘nggi texnologiyalar haqida birinchi bo‘lib ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Kompaniya barcha hoxlovchilarning murojaatlarni kutadi va yangi muvaffaqiyatli loyihalarga doimo tayyor.
Reklama huquqlari asosida.