O‘zbekneftgaz davlat kompaniyasi beshta xizmat avtomobilini sotuvga chiqardi. Bu haqda E-auksion e’lonlaridan ma’lum bo‘ldi.

Xaridorlarga uchta Mercedes-Benz S-Class, bitta Toyota Land Cruiser yo‘ltanlamasi va bitta Chevrolet Tahoe taklif etilmoqda.

Ushbu avtomobillar 2018−2020-yillarda ishlab chiqarilgan va kompaniyaning joriy yilning 18-martdagi tegishli bayoni bilan sotuvga qo‘lgan.

Chevrolet Tahoe bo‘yicha auksion 2-may kuni soat 10:00 da, qolgan lotlar bo‘yicha esa 5-may kuni soat 10:00 da boshlanadi. Arizalar tegishli kun vaqti bilan soat 9:00 gacha qabul qilinadi.

Barcha avtomobillar texnik jihatdan soz va benzinda harakatlanadi. Ularning narxlari:

“Inomarka"siz rasmiylar

5-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev rasmiylarga xizmat transportida yurishni keskin qisqartirib, mamlakatda ishlab chiqarilgan avtomobil va mebelga o‘tish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi.

Bir necha kundan keyin esa bosh vazir Abdulla Aripov barcha amaldorlarga xorijiy xizmat mashinalaridan foydalanishni to‘xtatishni topshirdi, uning o‘zi esa xizmat avtomobilini Mercedes-Benz'dan Malibu’ga o‘zgartirdi.

“Prezidentimiz bergan barcha topshiriqlarni so‘zsiz bajarishimiz shart, muhokamaga o‘rin yo‘q. Menga buni 20-martdan yoki 1-apreldan joriy qilaylik, deb taklif berishyapti. Yo‘q, unaqasi ketmaydi. Prezidentimiz topshiriq berdimi, zudlik bilan bajarishimiz shart. Bu hukumatning asosiy vazifasi”, — degan bosh vazir.

Bundan tashqari, Senat raisi Tanzila Narbayeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov Chevrolet Tahoe, bosh vazir o‘rinbosarlari Malibu, viloyat hokimlari esa Tahoe yoki Traverse avtomobillardan xizmat mashinasi sifatida foydalanmoqda.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov ham xizmat avtomobilini Mercedes-Benz'dan Malibu’ga o‘zgartirgan. Tuman hokimlari esa allaqachon Chevrolet avtomobillaridan foydalanishni boshlagan.

Shu kungacha foydalanib kelingan avtomobillar bosqichma-bosqich E-auksion orqali sotilishi belgilangandi.

10-aprel kuni UzAuto Motors Chevrolet Malibu, Traverse va Tahoe avtomobillari sotuvini vaqtincha to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi. Hozir Uzavtosavdo saytida faqat Damas-2, Tracker-2, Captiva 5T va Onix avtomobillari uchun shartnoma tuzish mumkin.

Kompaniya matbuot xizmatining Spot’ga ma’lum qilishicha, ushbu modellar uchun to‘liq shartnoma tuzilgan. Qo‘shimcha hajmlarni “tez orada” sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

“Avtostrada” nashri mart oyining o‘rtalaridan boshlab premium avtomobillar uchun shartnomalar berish to‘xtatilganiga va bu amaldorlarning xorijiy xizmat avtomobillaridan voz kechib, mahalliy avtomobillarga o‘tayotgani fonida yuz berganiga e’tibor qaratgandi.

Avvalroq Spot Xitoyning Leapmotor kompaniyasi O‘zbekistonda brendning avtomobillarini sertifikatlash to‘xtatilgani yuzasidan rasmiy bayonot bergani haqida yozgandi.