Sherin keysi: soxta kolbasa mahsulotlariga qarshi qanday kurashilmoqda?
Sherin kompaniyasining rivojlantirish bo‘yicha direktori Oybek Sobirov Spot’ga mahalliy kolbasa bozorining tuzilishi, mahsulotlarni qalbakilashtirishning eng keng tarqalgan usullari va kompaniyaning kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish choralari haqida so‘zlab berdi.
Ish haqi, “otpusk” va “dekret” ta’tillari: mehnat qonunchiligi qanday o‘zgardi?
Joriy yilning fevral oyida Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi. Spot bu o‘zgarishla mehnat munosabatlarini qanday tartibga solishi, ish beruvchi va xodimlarga qanday ta’sir etishi borasida yurist Avazbek Avazniyazov bilan suhbatlashdi.
Banklardagi so‘mdagi eng daromadli omonatlar. 2025-yil aprel oyi bo‘yicha
Spot so‘mdagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari pasaytirilganidan keyin omonatlar shartlarini o‘rganib chiqdi. Maksimal stavka uch foiz bandga pasayib, hozirda 23%ni tashkil etadi.
“Renovatsiya hududlarida aholi roziligi olinib, ularga kompensatsiya beriladi” — adliya vaziri
Dastlabki boshqichda renovatsiya bo‘yicha bir nechta pilot loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Buning uchun fuqarolar va hokimliklar ishtirokida direksiya tashkil etiladi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Mart oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord daraja — qariyb $48 mlrdga yetdi.
O‘z navbatida, oltin qiymati ham rekord ko‘rsatkichini yangilab, $36,88 mlrdni tashkil etdi. Valyuta zaxiralari esa $10,41 mlrddan oshdi. - O‘zbekiston yanvar-fevral oylarida gazning sof eksportchisiga aylandi.
Xitoyga ko‘k yoqilg‘i yetkazib berish ikki baravar oshdi, Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi esa 3 baravar kamaydi. - “Asosiy maqsad soliq undirish emas” — Soliq qo‘mitasi o‘zini o‘zi band qilganlarning faoliyat turlari qisqartirilishi haqida.
Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev bu tadbirkorlik faoliyatida teng sharoit yaratishga qaratilganini, hozirda ro‘yxat xufiyona iqtisodiyot bo‘yicha ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. - 1-maydan elektr energiyasi uchun yangi tariflar joriy etiladi.
Bunda aholi 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt soat uchun 800 so‘mdan to‘laydi. - UzAuto Motors Malibu, Traverse va Tahoe avtomobillari sotuvini vaqtincha to‘xtatdi.
Kompaniya ushbu modellar uchun to‘liq shartnoma tuzilganini hamda qo‘shimcha hajmlar sotuvga chiqarilishini Spot’ga ma’lum qildi. - Piyoz narxi nega qimmatlashdi? Qishloq xo‘jaligi vazirligi izoh berdi.
Vazirlik bu vaqtinchalik holat ekanligini, aprel oyi o‘rtalaridan boshlab narxlar arzonlashishini qayd etdi. - “Import mahsulotlarini sertifikatlashtirishdan voz kechib, bozor nazorati tizimiga o‘tamiz” — Texnik tartibga solish agentligi.
Agentlik boshqarmasi boshlig‘i Alisher Dodoyev bozor nazorati qonuni loyihasi ishlab chiqilganini, yil yakunigacha jamoatchilikka e’lon qilinishini bildirdi. Yangi talablar import mahsulotlari ichki bozorga chiqarilganidan keyin ularni muvofiqlik sinovidan o‘tkazishni nazarda tutadi. - “Sinov natijalaridan norozimiz” — Leapmotor O‘zbekistonda avtomobillarini sertifikatlash to‘xtatilganiga izoh berdi.
Xitoy kompaniyasi sinovdan o‘tkazilgan avtomobil holati va tekshiruv talablari bo‘yicha aniq ma’lumotlar mavjud emasligini, qayta tekshiruv o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. - Xitoyning WeChat va Alipay ilovalari O‘zbekiston to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilinmoqda.
Markaziy bank sayyohlarga milliy kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish bo‘yicha kompaniyalar bilan muzokaralarni boshladi. - “Umuman aloqasi yo‘q” — UzTest Piskent avtopoligonida avtomobillar sinovdan o‘tkazilmasligiga oid xabarlarni rad etdi.
Markaz tekshiruvlar belgilangan talablar asosida olib borilishini, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video o‘tgan yilning kuzida tasvirga olingan bo‘lib, hozirgi sinovlarga bog‘liq emas.