Korrupsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan xakaton — Anti-Corruption Hackathon 2025da ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi, deya xabar berdi IT Park.
Tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda IT Park va Startup Base tashabbusi tomonidan tashkil etilmoqda.
Ishtirokchilarga ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda innovatsion yechimlarni ishlab chiqish taklif etiladi.
Xakaton korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda ishlanmalarni o‘z ichiga oladi:
- davlat xaridlari;
- sport;
- qurilish;
- moliya va sug‘urta tizimlarida korrupsiyaning oldini olish;
- ochiq ma’lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yo‘nalishlar.
G‘oliblar Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Coding4Integrity xakatonida O‘zbekiston nomidan ishtirok etishga taklif etiladi.
Xakatonda 18−35 yoshdagi, ingliz tilini yaxshi biladiganlar, yakka yoki 3 kishilik jamoa bilan qatnashish mumkin.
Unda ishtirok etish uchun 20-aprelgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Avvalroq Spot korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati o‘zgartirilishi haqida yozgandi.
Prezident bosh vazir Abdulla Aripovga 117 ta vazirlik va idoradagi “korrupsiyaga qarshi ichki nazorat” tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish bo‘yicha topshiriq berdi.