14-aprel kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
1 gramm oltin 1 mln 387 ming 340 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 6 mln 937 ming so‘mdan sotilmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 6 mln 937 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 13 mln 873 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 27 mln 747 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 69 mln 367 ming so‘m;
- 100 gramm oltin quyma narxi 138 mln 734 ming so‘mni tashkil qiladi.
14-aprel kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $3230dan oshdi.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $3231,2ni tashkil qildi.
Yil boshidan beri oltin AQShning yangi prezidenti Donald Trampning savdo siyosati va jahon savdosidagi keskinlikning kuchayishi fonida eng daromadli aktivga aylandi. Qimmatbaho metallarga bo‘lgan talab dunyoning markaziy banklari tomonidan sotib olinishi bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
“Yahoo! Finance” xabar berishicha, tahlilchilar Oq uyning tarif bo‘yicha qarorlarini hisobga olgan holda oltin narxining yanada ko‘tarilishini kutmoqda. Jumladan, “Macquarie Group” vakili Markus Garvi oltin narxi ayrim hollarda $3500gacha yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.