Bloomberg xabar berishicha, Donald Tramp ma’muriyati smartfonlar, kompyuterlar va boshqa elektron qurilmalarni avval joriy etilgan bojxona to‘lovlaridan ozod qildi.
AQSh bojxona va chegara xizmati bojxona to‘lovlari amal qiladigan doiradan bir qator istisnolarni e’lon qildi.
Shunday qilib, elektron qurilmalar, hatto 125%lik tarif amal qilayotgan Xitoydan keltirilgan bo‘lsa ham, qaysi mamlakatdan import qilinganidan qat’i nazar, qo‘shimcha soliqqa tortilmaydi.
Istisnolar ro‘yxatiga quyidalar kiradi:
- smartfonlar;
- noutbuklar;
- ma’lumot saqlash qurilmalari;
- protsessorlar;
- xotira chiplari;
- yo‘naltiruvchilar;
- monitorlar.
Bu tovarlarning aksariyati AQShda ishlab chiqarilmaydi. Bloomberg Economics’ning Rossiya bo‘yicha iqtisodchisi Aleksandr Isakovning aytishicha, istisnolar AQShning Xitoydan umumiy importining taxminan 20%ini tashkil etadi.
Qayd etilishiicha, endi yangi iPhone va boshqa texnika narxlari oshmasligi kerak, bu ham iste’molchilar, ham korporatsiyalar uchun g‘alaba deb baholanishi mumkin.
Bundan tashqari, AQShning bu qadamini Tramp va Xitoy o‘rtasidagi savdo mojarosini yumshatishga urinish sifatida ko‘rish mumkin.
Shuningdek, boshqa mamlakatlardan keltirilgan mahsulotlar, masalan, Janubiy Koreyaning Samsung mahsulotlariga ham 10%lik asosiy boj solinmaydi.
Buning ustiga, bojlarning bekor qilinishidan TSMC chiplarini ishlab chiqaruvchi eng yirik zavod joylashgan Tayvan ham manfaatdor bo‘ladi.
Avvalroq Spot dunyoning eng boy 500 odami umumiy boyligi $304 mlrdga ko‘paygani haqida yozgandi.
Bunga Donald Trampning bir qator mamlakatlarga nisbatan bojlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaroridan keyin eng katta bir kunlik o‘sish sabab bo‘lgan.