Mart oyida O‘zbekiston ish beruvchilari eng ko‘p savdo, marketing va reklama sohasi xodimlarini izlashgan. Bu haqda joylashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari tadqiqotiga asoslanib, HeadHunter ma’lum qildi.
Ish takliflarining 17%dan ortig‘i savdo va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, bunda o‘rtacha ish haqi 6,06 mln so‘mni tashkil etgan. Yana 11,9%ini 6,7 mln so‘m maosh bilan marketing, reklama va jamoatchilik bilan aloqalar sohasidagi ish o‘rinlari egallagan.
Talab bo‘yicha uchlikni go‘zallik, fitnes va sport sohasi yakunlaydi — taxminan 9%. Bu sohadagi nomzodlarga oyiga o‘rtacha 6,44 million so‘m taklif etilmoqda.
Eng yuqori 10 talik ichidagi eng katta ish haqi taklifi avtomobil biznesiga tegishli bo‘ldi — 7,11 mln so‘m va bo‘sh ish o‘rinlarining 7,1%i. Daromadlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni 7 mln so‘m bilan moliya va buxgalteriya sohasi egalladi, unga ish o‘rinlarining qariyb 4%i to‘g‘ri keldi.
Uy xodimlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning (bo‘sh ish o‘rinlarining 5,1%i) ish haqi eng past bo‘lib qolmoqda — 4,47 mln so‘m. Shuningdek, umumiy ovqatlanish va mehmondo‘stlik sohasidagi takliflar ham nisbatan pastligicha qolmoqda (5,2%) — 4,66 mln so‘m.
Ma’muriy xodimlar (4,95 mln so‘m) va chakana savdoda (5,11 mln so‘m) taklif qilingan maoshlar biroz yuqoriroq bo‘ldi. Bundan ham yuqori daromadlar qurilish sohasida taklif qilingan (6 mln so‘m).
Avvalroq Spot endi mehnat ta’tiliga haq to‘lashda yakshanba kuni hisobga olinmasligi haqida yozgandi.
Bundan tashqari, 18 yoshgacha bo‘lganlarga o‘rindoshlik asosida ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.