Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.
11-aprel kuni ta’mirlash ishlari sabab Yakkasaroy, Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Xususan:
Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Chimyon” MFY Mingbuloq va Gulsara ko‘chalari
- Aholi xonadonlari soni: 210 ta yerli xonadon, 15 ta ko‘p qavatli uylar;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 23 ta.
Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Uchuvchilar” MFY
- Aholi xonadonlar soni: 730 ta yerli xonadon;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 7 ta.
Yakkasaroy tumani (11:00 dan 18:00 gacha): “Konstitutsiya” MFY Y.X.Hojib ko‘chasi
- Aholi xonadonlari soni: 16 ta kotejlar;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 2 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.