Fransiyaning Hermes brendi dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.
Kompaniya bozor qiymati bo‘yicha o‘zining asosiy raqobatchisi — Louis Vuitton, Dior va Sephora kabi brendlarni o‘z ichiga olgan LVMH konsernini ortda qoldirdi.
Qayd etilishicha, bu LVMH aksiyalari 2025-yilning birinchi choragida zaif sotuvlar tufayli keskin tushib ketganidan keyin sodir bo‘ldi.
Hashamat sanoati pandemiya shov-shuvidan keyin qiyinchiliklarga duch kelmoqda: o‘rta sinf iste’molchilari xarajatlarni kamaytirmoqda, Xitoy iqtisodiyoti esa sekinlashmoqda.
Investorlarning xavotirlarini Donald Trampning siyosati ham kuchaytirmoqda. Shu fonda LVMH savdosi tahlilchilarning prognozlaridan ham yomonroq bo‘ldi (charm mahsulotlari savdosi pasayib, aksiyalar 7%ga arzonlashdi).
Natijada uning bozor kapitallashuvi Hermes kompaniyasining $247 mlrd yevrolik ko‘rsatkichidan pastroq bo‘lib, $246 mlrrd yevrogacha qisqardi.
Hermes’ning ishlari barqarorroq ketmoqda — eksklyuzivlikka e’tibor qaratish brendga bozordagi pasayishni ancha oson yengib o‘tishga yordam berdi.
Kompaniya Birkin va Kelly sumkalari kabi juda qimmat mahsulotlarni ishlab chiqaradi va ularni cheklangan miqdorda sotadi.
Baghunter platformasi tadqiqotiga ko‘ra, Birkin sumkalari yiliga o‘rtacha 14,2% ga qimmatlashmoqda — bu S&P 500 indeksining o‘rtacha yillik daromadidan (10%) ko‘proq.
Avvalroq Spot Microsoft yana dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylangani haqida yozgandi.
Apple aksiyalari narxi so‘nggi to‘rt kun ichida 23%ga tushib ketdi va Microsoftdan ortda qolishiga sabab bo‘ldi.