IT Park rezident kompaniyalari va startaplarni Gyeonbuk Technopark bilan hamkorlikda va KOICA ko‘magida tashkil etilgan 2 kunlik maxsus treningga taklif qilmoqda.

Treningda koreyalik mutaxassislardan amaliy bilim olish va biznesni rivojlantirish strategiyalarini kuchli vositalar va g‘oyalarni o‘rganish mumkin.

Trening quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:

  • sun’iy intellekt yordamida investitsiyalarni jalb qilish uchun IR va Pitch Deck qanday yaratiladi;
  • texnologiyalar va savdo muhitidagi o‘zgarishlarga javoban o‘zbek startaplarining strategiyalari;
  • korporativ strategiyaga mos keluvchi hikoyalarga asoslangan biznes rejalarni ishlab chiqish;
  • sun’iy intellekt yordamida rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish: Generativ sun’iy intellektdan foydalanish.

Trening 2025-yil 22−23-aprel kunlari IT Parkning Toshkent filialida ma’ruza asosidagi trening va mentorlik formatida bo‘lib o‘tadi.

Maksimal ishtirokchilar soni 40 ta bo‘lib — har bir kompaniyadan 2 kishigacha ishtirok etishi mumkin.

IT Park har bir ishtirokchi o‘z shaxsiy noutbukini olib kelishi shartligi eslatib o‘tadi. Trening koreys tili o‘tkaziladi (rus tiliga sinxron tarjima mavjud).

Unda ishtirok etish uchun 18-aprel soat 20:00gacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafil ma’lumot olish uchun: +998900241171 / @msulaymon0v Telegram akkauntiga murojaat qilish mumkin.


Avvalroq Spot Anti-Corruption 2025 xakatoniga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Unda yakka tartibda yoki 3 kishigacha jamoa shaklida ishtirok etish mumkin bo‘lib, arizalarni 20-aprelgacha yuborish kerak.