O‘zbekistonda raqamli yechimlar tobora ko‘proq insonlar hayotiga kirib kelar ekan, Urbo.uz nomli yangi platforma uy-joy izlayotganlar, sotayotganlar va riyeltorlar uchun haqiqiy yordamchiga aylanishga da’vogar. Raqamli xizmatlar, narx tahlili, ipoteka imkoniyatlari va xavfsiz tranzaksiyalar — bularning barchasi endi bir joyda.

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori jadal rivojlanmoqda va raqamli transformatsiya bu jarayonda muhim rol o‘ynamoqda. Ana shunday o‘zgarishlar fonida Urbo.uz platformasi ishga tushdi va u ko‘chmas mulk oldi-sotdisini soddalashtirish hamda innovatsion xizmatlar taqdim etish orqali bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlashga kirishdi.

Uy-joy bozori endi onlayn formatda: Urbo.uz

Urbo.uz — bu ko‘chmas mulk bozorining barcha ishtirokchilari uchun yagona ekotizim yaratishga qaratilgan innovatsion platforma. U quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

  • yangi qurilgan va ikkilamchi ko‘chmas mulklar uchun e’lonlar — foydalanuvchilar uy yoki kvartira qidirish jarayonini onlayn rejimda amalga oshirii mumkin;
  • narxlar tahlili — bozor sharoitlarini o‘rganish va to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun qulay vositalar;
  • banklar bilan integratsiya — ipoteka kreditlarini onlayn tarzda ko‘rish va ularga ariza topshirish.

reklama, urbo

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori dinamikasi

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori o‘sishda davom etmoqda. 2024-yilda bozor hajmi 780 milliard AQSh dollariga baholangan bo‘lsa, 2029-yilga kelib bu ko‘rsatkich 1,04 trillion AQSh dollariga yetishi kutilmoqda.

Shuningdek, yillik kelishuvlar qiymati:

  • 2025-yilda 7,51 milliard AQSh dollari;
  • 2028-yilga kelib esa 10,79 milliard AQSh dollari bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Bu esa bozordagi ishtirokchilar, xususan riyeltorlar va uy-joy sotib olishni rejalashtirayotganlar uchun katta imkoniyatlar ochilishidan dalolat beradi.

Ko‘chmas mulk bozorining kelajagi

O‘zbekistonda e-tijorat bozori 2027-yilga kelib 2,2 milliard AQSh dollariga yetishi mumkin, bu esa odamlarning raqamli tranzaksiyalar va onlayn xizmatlarga bo‘lgan ishonchini oshirishini anglatadi.

Barcha shu jarayonlar Urbo.uz kabi platformalarning muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlarini oshiradi.

reklama, urbo

Ko‘chmas mulk bozoridagi dolzarb muammolar va Urbo.uz yechimlari

Ko‘chmas mulk bozori doimiy ravishda o‘zgarib borayotgan sektor bo‘lib, unda quyidagi asosiy muammolar mavjud:

  • narxlarning o‘zgaruvchanligi — narxlar bo‘yicha aniq ma’lumot topish qiyin bo‘lishi mumkin;
  • ipoteka shartlarining murakkabligi — bank takliflarini solishtirish va optimal variantni topish qiyinchilik tug‘diradi;
  • firibgarlik holatlari — noqonuniy oldi-sotdi bitimlari va hujjat muammolari.

Urbo.uz ushbu muammolarni yechish uchun shaffof ma’lumot bazasi, huquqiy maslahatlar, sun’iy intellekt yordamida individual tavsiyalar kabi xizmatlarni taklif qiladi.

Ko‘chmas mulk bozorida xavfsizlik — firibgarlikdan himoya

O‘zbekistonda noqonuniy oldi-sotdi kelishuvlari va firibgarlik holatlari hali ham muammo bo‘lib qolmoqda. Urbo.uz ushbu xavf-xatarlarni kamaytirish uchun quyidagi xavfsizlik choralarini amalga oshiradi:

  • e’lonlarni tasdiqlash tizimi — har bir mulk e’lonini tekshirish va real bo‘lishini ta’minlash;
  • maxsus xavfsizlik bo‘limi — shubhali e’lonlarni aniqlash va firibgarlik holatlarini kamaytirish uchun ekspertlardan iborat jamoa.

Ekspertlar fikri: bozor rivojlanishi qanday kechmoqda?

Urbo.uz mutaxassislarining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda yangi uy-joy qurilishlariga talab ortib bormoqda. Bank sektori esa ipoteka kreditlarini soddalashtirish orqali fuqarolar uchun uy-joy olish imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, onlayn platformalarning ahamiyati ortib, ko‘chmas mulk savdosining 60% dan ortig‘i raqamli maydonchalar orqali amalga oshirilishi prognoz qilinmoqda.

Urbo.uz kelajak rejalari

Kelgusi yillarda Urbo.uz xizmat doirasini yanada kengaytirishni rejalashtirgan. Xususan:

  • investorlar uchun maxsus analitik xizmatlar — bozor tendensiyalarini oldindan baholash imkonini beruvchi maxsus vositalar;
  • riyeltorlar uchun premium xizmatlar — mijozlar bazasini kengaytirish va xizmat sifatini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar;
  • onlayn hujjatlashtirish tizimlari — uy-joy oldi-sotdisi jarayonlarini butunlay raqamlashtirish yo‘nalishidagi innovatsion yechimlar.

Platforma O‘zbekiston bozoriga innovatsiyalar olib kirib, ko‘chmas mulk savdosini yangi bosqichga olib chiqish niyatida.

reklama, urbo

Ko‘chmas mulk izlayotganlar uchun muhim yangilik

Yangi uy yoki kvartira qidirayotganlar Urbo.uz orqali yaxshi takliflarni topishi mumkin. Riyeltorlar va ko‘chmas mulk sohasidagi mutaxassislar uchun esa platforma biznes jarayonlarini tezlashtirish va mijozlar bazasini kengaytirish imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, ipoteka kreditlarini solishtirish va yaxshi shartlarni tanlash imkoniyati ham platformaning asosiy afzalliklaridan biri hisoblanadi.

Ko‘chmas mulk bozori rivojlanishda davom etar ekan, Urbo.uz O‘zbekiston bozorining yetakchi raqamli platformalaridan biriga aylanish yo‘lida. Qulay interfeys, keng xizmatlar doirasi va yuqori texnologiyalar platformani har bir foydalanuvchi uchun ishonchli hamkor qiladi.

Ko‘chmas mulkni sotib olish, sotish yoki ijaraga berish — endi Urbo.uz bilan yanada oson va xavfsiz.

Telefon: (+998) 78−113−84−33, (+998) 77−167−75−75.
Manzil: Shayxontohur t-ni, Labzak ko‘chasi, 64A.

E-mail: info@urbo.uz
Sayt: urbo.uz

Reklama huquqlari asosida.