16-aprel kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
1 gramm oltin 1 mln 413 ming 30 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 7 mln 65 ming so‘mdan sotilmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 7 mln 65 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 14 mln 130 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 28 mln 261 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 70 mln 651 ming so‘m;
- 100 gramm oltin quyma narxi 141 mln 303 ming so‘mni tashkil qiladi.
16-aprel kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $3280ga yaqinlashdi.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $3272,7ni tashkil qildi.
Yil boshidan beri oltin AQShning yangi prezidenti Donald Trampning savdo siyosati va jahon savdosidagi keskinlikning kuchayishi fonida eng daromadli aktivga aylandi. Qimmatbaho metallarga bo‘lgan talab dunyoning markaziy banklari tomonidan sotib olinishi bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
“Yahoo! Finance” xabar berishicha, tahlilchilar Oq uyning tarif bo‘yicha qarorlarini hisobga olgan holda oltin narxining yanada ko‘tarilishini kutmoqda. Jumladan, “Macquarie Group” vakili Markus Garvi oltin narxi ayrim hollarda $3500gacha yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.