OpenAI X uslubidagi o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ishlamoqda. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, ChatGPT’da tasvirlar yaratishga mo‘ljallangan va lenta funksiyasini o‘z ichiga olgan ichki foydalanish uchun prototip allaqachon mavjud.
Qayd etilishicha, OpenAI bosh direktori Sem Altman loyiha bo‘yicha fikr-mulohazalarni to‘plamoqda.
OpenAI bu xizmatni alohida ilova sifatida chiqarishni yoki ChatGPT bilan integratsiya qilishni rejalashtirayotgani, shuningdek, foydalanuvchilar uchun ijtimoiy tarmoq paydo bo‘lishi yoki yo‘qligi hozircha noma’lum.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning g‘oyalaridan biri foydalanuvchilarga sifatli kontent almashishda yordam berishdir. Suhbatdoshlardan biri Grok chat-botining Ilon Maskning X tarmog‘i bilan integratsiyasiga “hamma havas qilganini” ta’kidladi.
The Verge’ning ta’kidlashicha, bunday ilova OpenAI’ga modellarni o‘qitish uchun o‘zining noyob ma’lumotlarini olish imkonini beradi. Masalan, Grok va Meta allaqachon foydalanuvchi ma’lumotlaridan foydalanmoqda.
Avvalroq Spot Apple sobiq dizayneri va OpenAI bosh direktori yangi qurilma ustida birga ishlashi haqida yozgandi.
Taxminlarga ko‘ra, qurilma an’anaviy smartfondan farq qiladi, ammo qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.