Sirdaryo viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi.
O‘zenergoinspeksiya Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi, DXX va viloyat prokuraturasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Sirdaryo tumanida joylashgan O. M. G. MChJning elektr qurilmalari uchun o‘rnatilgan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 460 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Spot Sirdaryoda 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, Guliston shahrida tadbirkor o‘ziga tegishli tibbiyot klinikasi elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatgani aniqlangan.