15-iyundan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari yo‘lovchi jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda “Temiryo‘lekspress” matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 15-iyun kunidan boshlab quyidagi poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi”, deyiladi xabarda.

Unga ko‘ra, elektropoyezdlarning harakat jadvaliga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritildi:

Ertalab jo‘nash vaqti:

  • 778-sonli Toshkent-Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 06:03 — Buxoro 10:14;
  • 764-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishi: Toshkent 06:30 — Qarshi 10:09;
  • 774-sonli Toshkent-Shahrisabz yo‘nalishi: Toshkent 06:30 — Shahrisabz 11:14;
  • 766-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 07:21 — Samarqand 09:51;
  • 775-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 10:55 — Samarqand 13:15
  • 771-sonli Buxoro-Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 03:15 — Toshkent 07:35;
  • 768-sonli Toshkent-Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 08:04 — Buxoro 12:15;
  • 770-sonli Toshkent-Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 08:29 — Buxoro 12:46.

Tushdan keyin jo‘nash vaqti:

  • 777-sonli Buxoro-Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 17:55 — Toshkent 22:08;
  • 773-sonli Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishi: Shahrisabz 16:24 — Toshkent 21:10;
  • 763-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishi: Qarshi 17:29 — Toshkent 21:10;
  • 765-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 17:35 — Toshkent 20:08;
  • 767-sonli Buxoro-Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 16:17 — Toshkent 20:31;
  • 769-sonli Buxoro-Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 14:58 — Toshkent 19:17;
  • 772-sonli Toshkent-Buxoro yo‘nalishi: Buxoro 19:41 — Toshkent 00:03;
  • 776-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 13:56 — Toshkent 16:14.

Avvalroq 1-fevraldan O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chipta narxi 20−25%ga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tez yurar poyezdlariniki 30%ga qimmatlashadi.

Bundan oldin Afrosiyob elektropoyezdlari qatnovi vaqti o‘zgartirilib, elektropoyezdlarining qatnovlari vaqti joriy yil 1-apreldan, 2024-yil 15-dekabrdan va 8-oktabrdan ko‘chirilgan edi.

Iyul oyida O‘zbekiston temir yo‘llari yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektrpoyezdlarining ertalabki jadvaliga o‘zgartirish kiritmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Xususan, mazkur elektrpoyezdlarning ertalabki qatnovlarini bir soat oldinga ko‘chirish rejalashtirilib, uning doirasida yo‘lovchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi qayd etilgan.