Apple iPhone 6S smartfoni va Mac mini kompyuterini eskirgan qurilmalar ro‘yxatiga kiritgani haqida MacRumors nashri xabar berdi.

Nashr mualliflari 6S 2015-yilda ishlab chiqarilganini, biroq 2018-yilgacha sotuvda qolganini ta’kidladilar. Shu bois, qurilma ishlab chiqarilganidan 10 yil o‘tgachgina uni eskirgan deb e’lon qilishdi.

Apple’ning ichki qoidalariga ko‘ra, mahsulot sotuvi to‘xtatilganidan 5 yil o‘tgach, u eskirgan qurilmalar ro‘yxatiga kiritiladi.

Ta’kidlanishicha, 6S Apple’ning simli quloqchinlar uchun porti bo‘lgan so‘nggi flagman smartfoni edi. Undan keyingi iPhone 7 esa bunday ulagichsiz ishlab chiqarildi.

Shuningdek, u seriya tarixida ilk bor 3D Touch funksiyasiga ega bo‘ldi. Qurilma mustahkamlangan korpus bilan taqdim etildi, chunki iPhone 6 foydalanuvchilari avvalgi modelning korpusi yetarlicha mustahkam emasligidan shikoyat qilishgandi.

Shuningdek, Apple 2018-yilda ishlab chiqarilgan ixcham Mac mini stol kompyuterini eskirgan deb e’lon qildi. Bu Intel protsessorli mini seriyasining so‘nggi kompyuteri edi.

2020-yilda taqdim etilgan keyingi avlod modeli esa Apple kompaniyasining o‘z ishlab chiqargan M1 protsessori bilan jihozlangan holda chiqarildi.


Avvalroq Spot Apple 2027-yilda to‘liq shishali iPhone chiqarishi mumkinligi haqida yozgandi.

Kompaniya iPhone turkumining 20 yilligi munosabati bilan shunday yangicha dizaynga ega bo‘lgan iPhone’ni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.