Qoraqalpog‘istonda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati fosh etildi.

Bosh prokuraturaning Qoraqalpog‘iston boshqarmasi tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilinishini aniqlashga qaratilgan nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Unda aniqlanishicha, Nukus shahrida joylashgan D.C.MChJga qarashli AGTKShda jamiyat mansabdor shaxslari “avtopilot-pro” rusumli gazni hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatgan.

Buning natijasida 3 mlrd 455 mln so‘mlik 1,9 mln kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.


Avvalroq Spot Qoraqalpog‘istonda 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Nukus shahrida tugallanmagan ko‘p qavatli binoda gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib olingani aniqlangan.