O‘zbekistonda Telegram messenjerida qisqa muddatli uzilish kuzatildi. Bu haqda Downdetector servisi ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.

Uzilishlar 17-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:50 atrofida boshlangan. Rossiyaning ayrim hududlari, jumladan, Moskvadagi foydalanuvchilar ham shunga o‘xshash muammolarga duch kelishdi.

Qisqa vaqtda platformaga 6 mingdan ortiq shikoyat bildirilgan. Foydalanuvchilardan ayrimlari messenjer mobil ilovasi hamda sayti ishlamayotganini qayd etgan bo‘lsa, ayrimlari ogohlantirish bilan bog‘liq muammolarni keltirgan.

telegram, uzilishlar

Foto: Downdetector saytidan skrinshot

Raqamli texnologiyalar vazirligining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, muammo O‘zbekiston tomoni bilan bog‘liq emas.

TASS nashrining Roskomnadzor’ga tayanib xabar berishicha, Telegram ishidagi muammolar xizmatning infratuzilmasidagi nosozlik bilan bog‘liq bo‘lgan.

Qariyb yarim soat davom etgan muammodan keyin soat 21:40 atrofida messenjer faoliyati qayta tiklana boshlandi.

Avvalroq Rossiyada Telegram-kanallar uchun markirovka tizimi joriy etilgani haqida xabar berilgandi. Roskomnadzor ro‘yxatidan o‘tgan kanallar egalari kanal nomi yonida joylashgan maxsus “A+” belgisini olishlari mumkin. Markіrovka olish uchun sabablar va qanday ma’lumotlar talab qilinishi aniq keltirilmagan.