Avvalroq 18-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida dunyodagi iqtisodiy tebranishlarning mamlakat soha va tarmoqlariga ta’sirini yumshatish qaratilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani xabar berilgandi.

Muloqotda International Beverages Tashkent kompaniyasi ta’sischisi Shuhrat Ergashev davlat rahbariga 10 yil oldin mahalliy kompaniyalar “Burger King va McDonald’s ortidan chopib”, O‘zbekiston bozoriga kirishni so‘rashganini qayd etdi. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanali lavhasida so‘z boradi.

“Bugungi kunda biz ular bilan kelishib oldik, O‘zbekiston [bozori] uchun litsenziya oldik. 2−3 oyda bizda Burger King nomli kompaniyalar ochiladi. Bu nafaqat Toshkent bo‘yicha bo‘ladi, balki ular bizga markaziy ofisni Toshkentda ochib, butun Markaziy Osiyo uchun litsenziya berishni taklif qilishdi”, — dedi tadbirkor.

Uning qayd etishicha, xorijiy investorlar yangi bozorga kirishdan oldin ularda Burger King yoki McDonald’s kabilar bor-yo‘qligiga qiziqishadi. “Ular uchun bu sarmoya kiritishda muhim ijobiy belgidir”, — dedi Shuhrat Ergashev. Prezident unga ishlarida omad tiladi.

burger king, pepsi, umumiy ovqatlanish

Mart oyida Verniy Kapital kompaniyalar guruhi 2012-yildan buyon hamkori Anuar Utemuratov bilan birgalikda egalik qilgan Burger King Kazakhstan eksklyuziv franshizasini sotgani ma’lum bo‘ldi.

Xaridor International Beverages Tashkent’ning ikkita ta’sischilaridan biri bo‘lgan Holten Group (0,1%) bo‘ldi. Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi egasi 99,9% ulushga ega bo‘lgan Holten Enterprise hisoblanadi.

Burger King O‘zbekistonda

2021-yilning iyul oyida Spot bir nechta manbalarga tayanib, Burger King O‘zbekiston bozoriga kirayotgani haqida xabar bergandi. Burger King Uzbekistan — franshiza. Franchayzer esa Moskva. Shuningdek, Burgerhouse allaqachon tashkil etilgan bo‘lib, o‘sha vaqtda xodimlarni ishga qabul qilish ham boshlangandi.

Restoranning ma’muriy-boshqaruv xodimlari (direktor va menejerlar) uchun treninglar Moskvada o‘tkazilishi kerak edi. Restoran direktori uchun ish o‘rinlari 2022-yilda Toshkentda ochilishi rejalashtirilgan edi. Lokatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlar yopiqligicha qolgan.

Oktabr oyiga kelib, Burger King fudkortlari qayerda ochilishi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, bu Bobur bog‘i, Ekobozor yonidagi Atlas majmuasi hamda Chilonzor 25-mavzeaida bo‘lishi kerak edi.

Avvalroq Toshkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochilishi haqida xabar berilgandi.

International Beverages Tashkent O‘zbekistonda Pepsi, Mirinda, Mountain Dew, 7Up, Adrenaline Rush va Lipton ichimliklarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Burger King — gamburgerlarga (asosan, vopperlarga) ixtisoslashgan dunyodagi ikkinchi yirik tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i. 1954-yilda tashkil etilgan. Kompaniya restoranlariga har kuni 11 mlndan ortiq odam tashrif buyuradi.