Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

18-aprel kuni ta’mirlash ishlari sabab Yakkasaroy, Sergeli, Yangihayot, Chilonzor, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Yakkasaroy tumani (10:00 dan 16:00 gacha): “Yunus Rajabiy” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 15 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 3 ta.

Sergeli tumani (14:00 dan 17:00 gacha): “Nomdanak” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 890 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 19 ta.

Yangihayot tumani (14:00 dan 17:00 gacha): Choshtepa ko‘chasi

  • Aholi xonadonlari soni: 435 ta yerli xonadon, 2 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 17 ta.

Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Chortoq” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 163 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 2 ta.

Chilonzor tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Lutfiy” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 240 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 6 ta.

Olmazor tumani (10:30 dan 17:00 gacha): “Achabod” va “Qo‘shtut” MFYlar

  • Aholi xonadonlari soni: 290 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 7 ta.

Shayxontohur tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Charxnovza” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 250 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 4 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.