Hyundai o‘z avtomobillariga aqlli tugmalarni joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ixbt nashri xabar berdi.

Kompaniya sensorlardan ommaviy foydalanishdan voz kechishda davom etmoqda va tugmalarning dizayni va funksionalligiga alohida e’tibor qaratgan holda avtomobil salonlari uchun innovatsion boshqaruv elementlarini ishlab chiqmoqda.

Interyer bosh dizayneri Sangyup Lining ta’kidlashicha, Hyundai intuitiv va estetik jihatdan jozibali boshqaruv elementlarini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Kelajakda kompaniya “aqlli” tugmalarni joriy etishni rejalashtirmoqda, ammo hozircha ular haqida batafsil ma’lumot berilmayapti.

Kompaniya foydalanuvchilarning fikrlarini inobatga olish va ularning istaklariga moslashish niyatida.

Qayd etilishicha, Hyundai 2026-yildanoq o‘z avtomobillarini sensorli ekranlar emas, balki jismoniy tugmalar bilan jihozlashni rejalashtirmoqda.


Avvalroq Spot Hyundai AQShda 332 mingdan ortiq Palisade krossoverlarini qaytarib olishi mumkinligi haqida yozgandi. Qayd etilishicha, avtomobillarning qaytarib olinishiga xavfsizlik kamarining nosozligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.