Rossiya Transport vazirligi 2027-yilga borib haydovchisiz avtomobillar umumiy foydalanishdagi yo‘llarga chiqarilishini ma’lum qildi.

Haydovchisiz yuk mashinalarini sinovdan o‘tkazish muvaffaqiyatli bo‘ldi, biroq hali “texnologiyalarni takomillashtirish va qoidalarni muvofiqlashtirish kerak.

Transport vazirligining ta’kidlashicha, bu boradagi asosiy hujjat 2028-yilgacha haydovchisiz avtomobillarni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” bo‘ladi.

Uning asosiy maqsadi avtonom transportdan xavfsiz foydalanish uchun yagona qoidalar va infratuzilmani yaratishdir.

Me’yoriy baza harakat xavfsizligini ta’minlashi kerak — muvaffaqiyat yo‘llarning sifatiga, aqlli sensorlar bilan jihozlanishiga va raqamli platformalar bilan integratsiyalashuviga bog‘liq.

Barcha tomonlar — ishlab chiqaruvchilar, regulyatorlar va biznesning birgalikdagi ishi shunga olib kelishi kerakki, bir necha yildan so‘ng haydovchisiz avtomobillar Rossiya transport tizimining odatiy qismiga aylanadi.

Ishchi guruhda Transport vazirligi bilan birgalikda Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Rossiya Ichki ishlar vazirligining davlat avtoinspeksiyasi, “Raqamli transport va logistika” uyushmasi, shuningdek, KAMAZ, Navio va Yandex ekspertlari ishtirok etdi.


Avvalroq Spot Xitoy avtomobil reklamasida “aqlli” va “haydovchisiz” so‘zlaridan foydalanishni taqiqlagani haqida yozgandi.

Qayd etilishciha, bu qoida Xiaomi kompaniyasining SU7 elektromobili ishtirokidagi yo‘l transport hodisasidan so‘ng kiritilgan.