O‘zbekistonda mahsulotlar narxlari qanday hisoblanadi?

Qo‘mita tomonidan iste’mol narxlari indeksini aniqlashda 170 turdagi oziq-ovqat, 250 turdagi nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 90 ta turdagi xizmatlar tahlil qilinadi.

hafta yakuni, yangiliklar


“Davlat bilan ishlash har doim xatarli” — ekspertlar Road24 ilovasi bilan bog‘liq vaziyat haqida

YHXX Safe Road ilovasi ishga tushganini va Road24 endi jarimalarni to‘lashni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi. Spot vaziyatni o‘rganib, ekspertlarning fikrlarini bir joyga to‘plab, bu masala bo‘yicha birinchi marta o‘z munosabatini bildirgan IT Park izohini oldi.

hafta yakuni, yangiliklar


“Dunyo avvalgidek emas” — prezident savdo urushlarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri haqida

Shavkat Mirziyoyev global iqtisodiy vaziyatlarda dunyo bo‘ylab ta’minot va qiymat yaratish zanjirlarida uzilishlar kuzatilishini eng katta xavf, deya baholadi.

hafta yakuni, yangiliklar


“Aholining haddan tashqari qarzdorligi xatari mavjud” — Fitch O‘zbekistonda mikroqarzlar berishning o‘sishi haqida

Shuningdek, agentlik kichik va o‘rta biznesni faol kreditlash banklar uchun o‘rta muddatli istiqbolda aktivlar sifatining yomonlashuvi xavfini tug‘dirishi mumkin deb hisoblamoqda.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Moped va skuterlar uchun haydovchilik guvohnomasi talabi 1-oktabrdan kuchga kiradi.
    Avvalroq ushbu transport vositalarini boshqarish uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish talabi 1-mart etib belgilangandi.
  2. Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi.
    Aviakompaniya Haj 2025 dasturi boshlangani sabab Saudiya Arabistoniga borayotgan barcha yo‘lovchilardan 30-aprelgacha mamlakatni tark etishlarini so‘ramoqda.
  3. Leapmotor avtomobillarini sertifikatlashga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi.
    Xitoy kompaniyasiga shartli ravishda mazkur tovar belgili transport vositalarini O‘zbekistonda sotishga ruxsat berildi.
  4. O‘zbekistonda 1-iyundan xorijliklar uchun yashash guvohnomasi berish joriy etiladi.
    Tegishli ruxsatnoma ariza beruvchiga $200 mingga, uning har bir oila a’zosiga $100 ming miqdorida 5 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.
  5. YHXX jarimalar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi yangi mobil ilovani ishga tushirdi.
    Boshqarma amaldagi Road 24 ilovasi bilan ma’lumot almashinuvi to‘xtatilganini, avtomobil boshqaruvchilaridan Safe Road ilovasidan foydalanishga o‘tishni so‘ragan.
  6. Sukerbergdan Instagram va WhatsApp olib qo‘yilishi mumkin.
    AQSh Federal savdo komissiyasi Meta’ni Instagram va WhatsApp’ni noqonuniy sotib olgan deya gumon qilmoqda.
  7. Tramp smartfonlar, kompyuterlar va boshqa elektron qurilmalar uchun bojlarni bekor qildi.
    Qayd etilishicha, ular hatto 125%lik tarif amal qilayotgan Xitoydan keltirilgan bo‘lsa ham, qaysi mamlakatdan import qilinganidan qat’i nazar, qo‘shimcha soliqqa tortilmaydi.
  8. $297 dan $1381 gacha: mart oyida Toshkentda ijara narxlari qanday bo‘ldi?
    Poytaxtda 1 va 2 xonali xonadonlar uchun ijara narxlari tezroq arzonlashmoqda. Biroq, to‘liq ta’mirdagi 4 xonali uylar uchun narxlar 3,1% ga oshgan.
  9. Shakar uchun aksiz solig‘i hamda quruq sut importiga cheklovlar bekor qilinadi.
    Prezident Soliq qo‘mitasiga to‘langan QQS uchun keshbek qaytarishdagi tushunmovchiliklarni tartibga solib, adolatli tizimni yo‘lga qo‘yishni topshirdi.
  10. 1-maydan O‘zbekistonda tovarlarni bojsiz olib kirish normasi kamaytiriladi.
    20-iyuldan biologik faol qo‘shimchalarni bojsiz olib kirish cheklanadi. Tamaki mahsulotlarini bojsiz olib kirish uchun normalar aniqlashtirilmoqda.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Servolyuks agroxoldingi UzFood 2025 ko‘rgazmasida JO‘JA yangi brendini namoyish etdi

Servolyuks agroxoldingi Toshkentda UzFood 2025 ko‘rgazmasida JO‘JA brendini taqdim etdi. Bu O‘zbekistonda Belarus ekspertlari nazorati ostida, Yevropa texnologiyalari bilan ishlab chiqarilgan halol parranda go‘shti.


O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida yangi davr: Urbo.uz ishga tushdi

Uy-joy oldi-sotdi jarayonlarini soddalashtirish va ishonchliroq qilish maqsadidagi Urbo.uz platformasi ishga tushirildi. Loyiha bozordagi muhim o‘zgarishlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.