Bojxona deklaratsiyasida tovar qiymati oxirgi 90 kunlik o‘rtacha qiymatning kamida 80%ini tashkil etishi kerak.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
Avvalroq hukumat qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoj uchun O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz normalari pasaytirilgani haqida xabar berilgandi.
Hujjat bilan erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona qiymati va miqdori alohida nazorat qilinadigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, ushbu ro‘yxatga jami 70 ta tovar kiritilgan bo‘lib, bular qatorida to‘qimachilik, oziq-ovqat, kimoviy hamda elektrotexnika mahsulotlari, shuningdek, metall buyum kabilar bor.
Mazkur tovarlarning bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish oxirgi 90 kun ichida deklaratsiya qilingan shunga o‘xshash tovarlar o‘rtacha bojxona qiymatining kamida 80%ini tashkil etganda amalga oshiriladi.
Ushbu tartib joriy yilning 1-mayidan kuchga kiradi hamda bu quyida keltirilgan toifadagi tovarlarga nisbatan tatbiq etiladi:
Toifa
| Tovar nomi
|
To‘qimachilik mahsulotlari
| - paxtadan tayyorlangan matolar (paxta tolasi 85% va undan yuqori);
- sintetik ip va toladan tayyorlangan matolar;
- sun’iy tolalardan tayyorlangan matolar (85% va undan yuqori);
- noto‘qima matolar (yuza zichligi 150 g/kv.metr dan ortiq);
- tyul va boshqa setkasimon matolar hamda mashinada kimyoviy iplardan qilingan krujeva (tambur mashinasida tayyorlanganlardan tashqari);
- plastmasssa bilan qoplangan tekstil mahsulotlari;
- kiyim-kechak, shu jumladan sport kostyumlari, tungi va ichki kiyimlar;
- choyshab, yostiq jildva boshqa.
|
Elektrotexnika
| - konditsionerlar;
- sovutgich va muzlatgich;
- printerlar, nusxa ko‘chirish va faksimil apparatlari;
- avtomatik kir yuvish mashinalari (10 kg.gacha);
- planshet va noutbuklar;
- monoblok va interaktiv doskalar;
- akkumulyatorlar (5 kg.dan ortiq);
- oziq-ovqt maydalagich va mikserlar;
- o‘t oldirish svechalari;
- elektr isitgichlar;
- mikroto‘lqinli pechlar;
- dazmollar;
- elektr plita, pech va duxovkalar;
- gril va rostellar
- tele- va videokameralar;
- televizorlar;
- monitorlar;
- fotogalvanik elementlar.
|
Oziq-ovqat mahsulotlari
| - mol va qo‘y go‘shti;
- banan;
- mandarin;
- limon va laym;
- olma;
- nok;
- shakar;
- tayyorlangan yong‘oqlar.
|
Plastmassa va rezina mahsulotlar
| - polietilen;
- plastmassa plita, list, plyonka va lentalar;
- shinalar.
|
Oyoq kiyim, teri va mo‘yna mahsulotlari
| - chamadon, sumka, g‘ilof, hamyon va boshqalar;
- tabiiy yoki kompozit charm kamar va boshqalar;
- rezina plastmassa, to‘qimachilik mahsulotlaridan tayyorlangan oyoq kiyimlar;
- tabiiy charmdan bo‘lgan oyoq kiyimlar;
- boshqa turdagi oyoq kiyimlar.
|
Tosh, keramika va shisha buyumlari
| - faqat qog‘oz va karton asosidagi tabiiy yoki sun’iy abraziv kukun yoki don;
- chinni idishlar;
- keramika oshxona, boshqa xo‘jalik va hojatxona buyumlari;
- shisha buyumlar.
|
Metall buyumlar
| - metall prokat;
- metall konstruksiyalar va shunga o‘xshash buyumlar;
- metall shuruplar;
- metalldan yasalgan oshxona buyumlari;
- kiyim uchun aksessuarlar.
|
Kimyoviy mahsulotlar
| - atirlar;
- kosmetika vositalari;
- moylash vositalari;
- gulqog‘ozlar;
- o‘yinchoqlar;
- termoslar;
- gigienik prokladka va tagliklar.
|
Shavkat Mirziyoyev 18-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yangi farmon bilan chetdan olib kelinayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘liq xalqaro qoidalarga moslashtirilishini ma’lum qildi. Ayrim tovarlarning ichki bozorga sun’iy pasaygan narxda kirib kelishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning o‘rnini zaiflashtirayotgani qayd etildi.
Avvalroq Bojxona qo‘mitasi bojsiz olib kirish normalari kamaytirilishini “tashmachilik” va “notijorat” harakatlariga qarshi kurashish bilan izohlagandi. O‘zbekistonda bojsiz normalar miqdori xorijiy davlatlarga nisbatan yuqori, fuqarolarning bu normalardan tijorat maqsadida foydalanish holatlari esa oshgan.